20 iyu 16:56
Yangiliklar
Dzyudo

Terma jamoamiz Ulan-Bator "Katta Dubulg'a" turniriga jo'nab ketdi
24-26 iyun kunlari Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tadi.
Musobaqada 5 qitaning 30 davlatidan jami 270 (161 erkak, 109 ayol) nafar dzyudochi ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida o'zbekistonlik dzyudochilar ham turnir medallari hamda muhim reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadilar. Biroz avval terma jamoamiz delegaciyasi Mo'gulistonga jo'nab ketdi.
Terma jamoa tarkibi:
-48 kg: Gulnur Muratbaeva
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-63 kg: Sevinch Isoqova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-70 kg: SHohista Nazarova
-60 kg: Kemran Nurillaev
-66 kg: Rahimjon Subhonov
-66 kg: Sardor Nurillaev
-73 kg: SHahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Nomonov
-81 kg: Ramazon Allaberdiev
-90 kg: Davlat Bobonov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar