15 fev 14:25
Yangiliklar
Dzyudo
Terma jamoamizning mashg'uloti Kyoln shahriga ko'chdi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Parijdan Germaniyaning Kyoln shahriga etib keldi.
Xabaringiz bor, dzyudochilarimiz o'tgan hafta Parij "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etib, bittadan kumush va bronza medalini qo'lga kiritishgan edi. SHundan so'ng terma jamoamiz aynan Parij shahrida qisqa muddatli o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi.
Kecha esa delegaciyamiz Germaniyaning Kyoln shahriga etib keldi va shu kunning o'zida olmon diyoridagi ilk mashg'ulot ham o'tkazildi. Kyoln shahri Dyusseldorfdan chamasi 40-50 kilometr uzoqlikda joylashgan. Terma jamoamiz 20 fevral kuni avtobusda Dyusseldorfga yo' oladi.
Eslatib o'tamiz, 21-23 fevral kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida hisob bo'yicha yilning ikkinchi "Katta Dubulg'a" turniri bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar