20 may 09:27
Yangiliklar
"Tesla" rahbari Ilon Mask Dariushga mashina yubordi + FOTO
Bu haqda Dariushning menejeri Ali Abdel-Aziz malum qildi.
"Ilon Mask Dariushga uning buyurtmasi tayyor bo'lguncha, bepul mashinani yubordi. Ilon - gangster",- deb yozdi Abdel-Aziz o'zining tvitterida va matnga fotosurat ilova qildi.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Dariush oktagondan to'g'ridan-to'g'ri Maskka yuzlangandi.
“Rafiqamning mashinasi qani, aka? Olti oy kutdim. Bolam bor, menga yaxshi mashina kerak, uning xavfsizligini taminlashim zarur. Ilon, menga mashinamni ber!", - degandi Dariush.
Avvalroq matbuot anjumanida jangchi nima uchun Maskga murojaat qilganini tushuntirdi.
“Men mashinaga dekabr oyida buyurtma berganman. Bu ularning eng xavfsiz mashinasi, men homilador ayolim uchun tanlay oladigan eng yaxshisi. Men hali hamon kutmoqdaman! Nima bo'ldi, aka? U mart oyida etkazib berilishi kerak edi va hozir deyarli iyun. Men sizga ashaddiy muxlisman, ammo bu shunchaki hurmatsizlikdir", - dedi sportchi.
Fikrlar