So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

30 iyu 08:48
Yangiliklar

Tokio-2020

Tezkor shtab RSTIAM bilan bazalardagi vaziyatni tekshirmoqda

Teglar :  Tezkor shtabMOQ
Sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga olib borayotgan tayyorgarlik jarayonini kuchaytirish bo'yicha MOQ qoshidagi tuzilgan Tezkor shtab faoliyati har qachongidan ham qizg'in kechmoqda.

MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov boshchiligidagi tuzilgan ushbu shtab Qo'mita qoshidagi RSTIAM bilan sport bazalarini nazorat qilib bormoqda.

Dastavval, Respublika maxsus komissiyasining yangicha talablari, uning mazmuni bo'yicha SHerzod Tashmatov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda qarorda ko'rsatib o'tilgan yangi talablardan kelib chiqqan holda har bir mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Unga ko'ra, sport bazalarida 24 soatlik navbatchilik yo'lga qo'yilgan bo'lib, biriktirilgan masullar ushbu vaqt mobaynida atletlarimizning mashg'ulot jarayonini nazorat qilib borishadi.

Hozirda Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan aksariyat atletlarimiz Angren shahri yaqinidagi “Dukent” va “Yangiobod” bazalarida bo'lib turishibdi. Tezkor shtab vakillari belgilab berilgan vazifalar asosida RSTIAM mutasaddilari bilan bazalardagi epidemiologik vaziyatni o'rganib borishmoqda. 

Ish jarayonida oshxona, mashg'ulotlar zali, bazaga kirish-chiqish yo'lida dezinfekciya ishlari olib borilib, bazadagi har bir vakilning salomatligini ko'zdan kechirilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing