28 may 07:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Thailand Open. Besh nafar bokschimizda g'alaba, kecha ikkinchi mag'lubiyatimizni qabul qilib oldik
Kecha Tailandning Bangkok shahrida boks bo'yicha Thailand Open xalqaro turnirining to'rtinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tdi.
Kun davomida O'zbekiston terma jamoasining jami 6 nafar vakili ringga ko'tarilib, yakunda ularning besh nafari g'alabaga erishgan bo'lsa, bir vakilimiz - Sayat Ilyasov (-65 kg) mezbon bokschi Pidnuch Xunatipga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Kechagi natijalarimiz:
-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Bartval Pavan (Hindiston) 5:0
-48 kg: Farzona Fozilova - Merlin Tomatala (Indoneziya) 5:0
-54 kg: Feruza Kazakova - Abha Singx (Hindiston) 5:0
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Kongkam Singx (Hindiston) 4:1
-65 kg: Sayat Ilyasov - Pidnuch Xunatip (Tailand) 0:5
-80 kg: Samandar Jalolov - Kim Minseong (Janubiy Koreya) 5:0.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar