29 may 07:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Thailand Open. Bokschilarimizning barida g'alaba, Abdurahimov qozog'istonlik raqibini musobaqadan chiqarib yubordi
Kecha Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha Thailand Open xalqaro turnirining beshinchi kungi bahslari tashkil etildi.
Kun davomida ringga ko'tarilgan O'zbekiston terma jamoasining olti nafar bokschisidan barchasi yakunda o'z janglarida g'alaba qozonib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Kechagi natijalarimiz:
-85 kg: Nusrat Toxirov - Hussein Iashash (Iordaniya) 4:1
-51 kg: Sabina Boboqulova - Mun Gaeon (Janubiy Koreya) 5:0
-70 kg: Oysha Toirova - Anastasia CHernokolenko (Ukraina) 5:0
-75 kg: Javohir Abdurahimov - Timur Nurseitov (Qozog'iston) 4:1
-57 kg: Nigina O'ktamova - Ge Yaqi (Xitoy) 5:0
-75 kg: Aziza Zokirova - Ju Yashu (Xitoy) 5:0.
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar