30 may 17:55
Yangiliklar

Thailand Open. Bugun jang qilgan to'qqiz bokschimizdan besh nafari finalga yo'l oldi
Turnirning oltinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining jami 9 nafar bokschisi yarim final bosqichida jang qilib, yakunda beshta g'alaba va to'rtta mag'lubiyat qayd etildi. Yarim final bosqichida imkoniyatni boy bergan bokschilarimiz bronza medallariga ega chiqishdi.
Bugungi natijalarimiz:
-70 kg: Oysha Toirova - Jao CHunyuan (Xitoy) 0:5
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Mohammad Abu (Iordaniya) 2:3
-80 kg: Samandar Jalolov - Tanglatihan Tuohetaerbieke (Xitoy) 0:5
-85 kg: Nusratbek Tohirov - Bekzat Tangatar (Qozog'iston) 4:1
-57 kg: Nigina O'ktamova - Punrave Ruenros (Tailand) 0:5
-75 kg: Aziza Zokirova - Karine Airapetian (Ukraina) 2-raundda KO-TKO
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Titivat Plongaura (Tailand) 3:2
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Kan CHia-Vei (Xitoy Taypeyi) 5:0
-75 kg: Javohir Abdurahmonov - Zaid Iashash (Iordaniya) 5:0.
Eslatib o'tamiz, kechagi bellashuvlarda terma jamoamizning to'rt nafar azosi final masalasini hal qilgandi.
Fikrlar