26 may 09:16
Yangiliklar

Thailand Open. Kecha ringga chiqqan bokschilarimizning barchasida g'alaba, bugun yana 5 nafar vakilimizga muxlislik qilamiz
Kecha musobaqaning ikkinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining uch nafar vakili ringga chiqib, yakunda ularning barchasi g'alabaga erishdi.
Kechagi natijalar:
-55 kg: Faryozbek Do'smatov - Bado Aaron (Filippin) 5:0
-50 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev - Jay Barikuatro (Filippin) 4:1
-51 kg: Sabina Boboqulova - CHee Vann (Singapur) 5:0.
Musobaqaning bugungi kuni doirasida besh nafar vakilimiz ishtirok etadi:
-60 kg: Madiyar Daniyarov - Jon Napoles (Filippin) 12:00
-90 kg: Elyorbek Jo'raboev - Jung Haneul (Janubiy Koreya) 13:15
-65 kg: Navbahor Hamidova - Kang Sukyoung (Janubiy Koreya) 14:00
-70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov - Someya SHoi (Yaponiya) 15:00
-60 kg: Sitora Turdibekova - CHengyu Yang (Xitoy) 17:00.
Fikrlar