10 iyu 08:51
Yangiliklar
Tennis
The HSBC Championships. Kudermetova dunyoning 28-raketkasiga qarshi kortga chiqdi
London shahrida tennis bo'yicha WTA 500 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 1 mln 915 ming dollarni tashkil etuvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova musobaqaning saralash bahslaridagi ikki g'alabasi evaziga asosiy to'rga etib kelgandi. Kecha vakilamiz 1/16 finalda dunyoning 28-raketkasi, chexiyalik Mari Buzkovaga qarshi kortga chiqdi. Etmish ikki daqiqa davom etgan bahsda tajribali Buzkova ortiqcha qiyinchiliksiz g'alaba qozondi - 6/0, 6/3.
Taqqoslash uchun, Polina Kudermetova WTA reytingida 121, Mari Buzkova 28-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Polina 3, Mari 1 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar 8 ga 0 ko'rinishida Kudermetova "foydasiga" bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar