22 dek 18:14
Yangiliklar
The Ring 2020 yilning kuchli ikki bokschisini elon qildi
Jurnal talqiniga ko'ra supeorg'ir vaznda WBC chempioni Tayson Fyuri hamda engil vaznda mutlaq jahon chempioni Teofimo Lopes 2020 yilning eng yaxshi bokschilari sifatida etirof etildi.
Malumot uchun, 32 yoshli Fyuri 2020 yilda bitta jang o'tkazdi. Britaniyalik bokschi fevral oyida amerikalik Deontey Uaylderni ettinchi raundda texnik nokautga uchratib, raqibining chempionlik kamarini tortib olgandi. Uning hisobida 31 ta jangdan 30 ta g'alaba bor. Uaylder bilan birinchi jangda durang natija qayd etilgandi. 21 ta jangni nokaut bilan yakunlagan.
23 yoshli Lopes esa 2020 yilning oktyabr oyida ukrainalik yulduz Vasiliy Lomachenkoni mag'lubiyatga uchratib, raqibining WBA va WBO kamarlariga ega chiqqandi. Unda shuningek, IBF chempionlik kamari ham bor.
Fikrlar