22 may 14:52
Yangiliklar
Boks/MMA
The Ring pound-for-pound reytingini yangiladi
SHu kungacha reyting peshqadami bo'lib kelgan yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o'z o'rnini bo'shatib berdi.
Kuni kecha superog'ir vaznda mutlaq jahon chempioni bo'lib barobarida 25 yillik rekordni yangilagan Aleksandr Usik rasman dunyoning eng kuchli bokschiga aylandi. U The Ring jurnalining vazn toifasidan qati nazar pound-for-pound reytingi peshqadamiga aylanib oldi.
Usik bundan avvalgi reytingda uchinchi o'rinni egallab turgan edi. Ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempionlari - yaponiyalik Naoya Inoue va amerikalik Ternes Krouford ikkinchi hamda uchinchi o'rinlarni band etishgan. Saul Alvares to'rtinchi o'rinni egallagan bo'lsa, rossiyalik Artur Beterbiev kuchli beshlikka yakun yasab bergan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar