17 iyu 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Tiago Moyzes Islam Maxachevga qarshi qanday jang qilishini aytdi
UFC jangchisi Tiago Moyzes yaqinlashib kelayotgan Islam Maxachevga qarshi jangi haqida gapirdi.
"Men Islam Maxachevning atrofidagi shovqinlarga befarqman. Oktagonga chiqaman va o'z ishimni qilaman.
Islam jang boshidan menga bosim qilishni boshlaydi. Men esa o'z boks qobiliyatimni ishga solaman va oyoqda turaman. Agar u meni parterga yiqitishga urinsa, men teykdaunlardan qo'rqmayman. Stoykada jang ketsa, men uni oyog'ini ishdan chiqarib, jangni nokaut bilan yakunlayman", -dedi Tiago Moyzes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar