05 mar 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Tim Czyu va Terrell Gausha o'rtasidagi jang sanasi malum
Kelib chiqishi rossiyalik bo'lgan bokschi Tim Czyuning amerikalik Terrell Gaushaga qarshi jangi 27 mart kuni AQSHda bo'lib o'tadi.
Bu haqda kichik Czyu o'z Instagramida elon qildi.
"Bu rasmiy xabar! Czyu - Gausha jangi 27 mart kuni AQSHda bo'lib o'tadi", - deb yozadi Czyu o'zining Instagramida.
Tim o'rta vazn toifasida WVO chempioni Brayan Kastanoning kamariga rasmiy davogar hisoblanadi. 2021 yil 17 iyul kuni Brayan barcha kamarlarni birlashtirish va mutlaq jahon chempioni bo'lishga harakat qilgandi. Ammo, Brayan — Jermall jangi durang bilan yakunlandi. Agar Czyu raqibini mag'lub etsa, CHarlo — Kastano revanshi g'olibi bilan jang qilish huquqini qo'lga kiritadi.
Tim o'zining so'nggi jangini yaponiyalik bokschi Takeshi Inouega qarshi o'tkazgandi va 12 raundlik jangdan so'ng raqibini mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar