10 mar 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Tim Czyuga mag'lubiyatsiz raqib berildi + POSTER
Birinchi o'rta vazn toifasida sobiq WBO chempioni Timofey (Tim) Czyu o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
U 5 aprel kuni Avstraliyaning Vullongong shahrida albaniyalik bokschi Denis Nurjaga qarshi ringga ko'tariladi.
31 yoshli Nurja professional boksda 20 ta jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. To'qqizta jangini muddatidan oldin yakunlashga muvaffaq bo'lgan, ammo hech qachon jahon darajasidagi raqiblar bilan to'qnash kelmagan.
Tim Czyu 26 ta g'alaba (18 tasi muddatidan oldin) va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Uning jamoasi Nurjaga qarshi jangni joriy yilning ikkinchi yarmida bo'lib o'tadigan sobiq jahon chempioni Errol Spensga qarshi jangga tayyorgarlik bosqichlaridan biri sifatida ko'rmoqda.

Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar