06 apr 18:50
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva Avstriya turniri saralashi finalida kortga chiqdi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva Avstriyaning Linc shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirning kvalifikaciya bosqich finaliga yo'l olgan edi.
Bugun mukofot jamg'armasi 1 064 510 dollarni tashkil qiluvchi turnirning asosiy to'riga yo'llanma olgan tennis malikalari aniqlanmoqda.
Hamyurtimiz 1/2 finalda reytingda o'zidan yuqorida borayotgan, turnirda 8-raqam ostida tasniflangan rossiyalik 23 yashar Alina CHaraevani mag'lubiyatga uchratgandi.
Bugun 22 yashar Mariya kvalifikaciya finalida Germaniya vakilasi Tamara Korpachga qarshi kortga chiqdi. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda 30 yoshli Korpach 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozondi va asosiy to'rga yo'l oldi.
Malumot uchun, Mariya Timofeeva WTA reytingida 153, Tamara Korpach esa 109-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar