29 okt 16:57
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva CHennaydagi uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi
O'zbekistonning birinchi raketkasi Mariya Timofeeva Hindistonning CHennay shahrida tennis bo'yicha 275,094 dollar mukofot puliga ega turnirda ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.
Tennischimiz bugun ilk bosqichda Tailand vakilasi Lanlana Tararudega qarshi kortga chiqdi.
Afsuski hisob 2:6, 0:2 ko'rinishiga kelganida Timofeeva uchrashuvni oxirigacha etkaza olmadi. Bu vaqtga kelib, tennischilar kortda 1 soat 9 daqiqa vaqt o'tkazishgandi.
Taqqoslash uchun, Mariya Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 144, Tararudi esa 171-o'rinni egallab turibdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazadigan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. SHu yil iyul oyida Portugaliyadagi turnirda Mariya raqibasini 6/2, 6/2 hisobida mag'lub etgan edi. Demak, o'zaro uchrashuvlardagi hisob-kitob 1:1 ko'rinishiga keldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar