11 may 10:28
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva faoliyatidagi ilk chempionlik turniridan qancha mukofot puli va reyting ochkosi ishlab oldi?
Kecha O'zbekistonning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva Turkiyaning Istanbul shahrida yakuniga etgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir bosh sovrinini qo'lga kiritgandi.
Vakilamiz hal qiluvchi final uchrashuvida musobaqaning birinchi raketkasi, WTA reytingda 89-o'rinni egallab turgan xorvatiyalik 29 yoshli Donna Vekichni ortiqcha qiyinchiliksiz 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Bu hozirda dunyoning 136-raketkasi bo'lib turgan 22 yoshli Timofeeva uchun faoliyatidagi birinchi WTA darajasidagi chempionlik sovrini bo'ldi. Mariya bir haftalik mehnatidan 125 reyting ochkosi hamda 15 500 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega chiqdi. O'z vaqtida dunyoning 17-raketkasi bo'lgan Donna Vekich esa 81 ochko hamda 8 400 dollarni qo'lga kiritdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar