23 apr 07:22
Yangiliklar
Tennis
Timofeeva SHveycariya turnirida o'ta qiyin g'alabani qo'lga kiritdi
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Mariya Timofeeva o'zi birinchi raqam ostida tasniflangan turnirdagi ishtirokini irodali g'alaba bilan boshladi.
Vakilamiz SHveycariyaning Kyasso shahri mezbonlik qilayotgan WTA 75 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi turnirda o'z mahoratini namoyish qilmoqda. U ilk davrada asosiy davraga saralash bahslari orqali etib kelgan ispaniyalik Llorka Kortezni juda ham qiyinchilik bilan, bir nechta match-bollardan chiqib ketgan holda mag'lubiyatga uchratdi - 2/6, 6/1, 7/6(5).
Hal qiluvchi uchinchi setning o'zi bir yarim soat davom etgani bahsning qanchalik qiyin va murakkab kechganini anglash mumkin. Uchrashuvning o'zi umumiy uch soatu ikki daqiqa davom etgan. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk bahsi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar