24 avg 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Tina Kandelaki: Povetkin Uaytga qarshi jangda Rokki rolini o'ynadi
"Match TV" telekanali bosh prodyuseri Tina Kandelaki superog'ir vaznda vaqtinchalik WBC chempioni Aleksandr Povetkinning jangiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik bokschi britaniyalik raqibi Dillian Uaytga qarshi kechgan jangning beshinchi raundida nokaut evaziga g'alaba qozongandi.
"Sasha Povetkin Dillian Uaytga qarshi kechgan jangda Rokki rolini ajoyib tarzda ijro etib berdi va WBC yo'nalishida vaqtinchalik jahon chempioniga aylandi. Povetkin hech qachon kuchli raqiblarga qarshi janglardan qochmagan. Taqdir uni mehnatsevarligi, mardligi, umuman shu kabi ijobiy xislatlari uchun taqdirladi", – dedi Kandelaki xonim.
Havola :
Fikrlar