14 iyu 13:40
Yangiliklar

"Tizza – muammo emas!": Kamaru Usman muxlislarini tinchlantirdi
Asli nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi UFC on ESPN 69 turnirining asosiy jangida reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Xoakin Bakli bilan hisob-kitob qiladi. Usman muxlislariga murojaat qilib, tizzasi bilan bog'liq jarohat bezovta qilmayotganini, bundan xotirjam bo'lishlari mumkinligini aytgan.
"Menda hammasi joyida, havotirga o'rin yo'q. Ha, chin so'zim. UFC`dagi birinchi jangimda men deyarli ishlamaydigan oyoq bilan oktagonga chiqqanman. O'shanda operaciyadan keyin ko'p o'tmay jang qilishimga to'g'ri kelgandi. SHifokorlar sakkiz oy muhlat berishgandi, men esa to'rt oydan keyinoq jang o'tkazganman. Jarohatlangan oyoq bilan ham ko'pchilikning mazzasini qochirganman. Qo'yavering, odamlar gapiraversin. SHanba oqshomida (bizda yakshanba tongi) u menga, men esa unga zarba beraman – ko'ramiz bu duelda kim g'alaba qozonar ekan", - deya nigeriyalikning so'zlarini keltiradi MMA Fighting.
Fikrlar