26 jan 17:24
Yangiliklar
Tog' chang'isi. Olimpiadaga boradigan sportchimizda ikkita oltin medal
CHang'i sport turlari Xalqaro federaciyasi (FIS) taqim rejasiga kiritilgan mazkur musobaqada to'rt qo'shni mamlakat vakillari Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqada qatnashgan ko'pgina sportchilar uchun mazkur turnir XXIII qishki Olimpiya o'yinlari oldidan so'nggi tayyorgarlik bosqichi sifatida xizmat qildi.
O'zbekiston terma jamoasi musobaqada olti nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Turnirda yurtimiz sharafini Arman Gayupov, Komil To'xtaev, Damir Buxarbaev, Rolan Raimkulov, Muhammadali Asanov va Ulan Gayupovlar himoya qilishdi.
Etiborlisi tog' chang'isining slalom yo'nalishida ikkita startdan iborat musobaqaning har ikkalasida oltin medallar hamyurtimiz, Pxyonchxandagi qishki Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan ikki vakilimizdan biri Komil To'xtaevga nasib etdi. SHuningdek, musobaqada startga chiqqan terma jamoamizning yana bir azosi Rolan Raimkulov bronza medaliga loyiq ko'rildi.
Fikrlar