24 avg 17:34
Yangiliklar
Tojikistonlik jangchi Road to UFC turnirida g'alaba qozondi, ammo unga UFC shartnomasi berilmadi
Bugun tongda AQSHning Las-Vegas shahrida Road to UFC musobaqasi o'tkazildi. Unda tojikistonlik 24 yoshli MMA ustasi Samandar Murodov (11-0) ham oktagonga ko'tarildi. Sportchiga amerikalik Jonatan Pirsma raqiblik qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yadkil qarori bilan Samandar Murodov 30:27 hisobida g'alaba qozondi.
Biroq malum bo'lishicha, unga UFC shartnomasi berilmagan. Samandar o'tgan yilning oktyabr oyida ham mazkur turnir doirasida jang qilib, raqibini ilk raundda sabmishen orqali mag'lub etgan, biroq UFC'ga o'ta olmagan edi.
Malumot uchun, Dushanbe shahrida tug'ilgan sportchi joriy yilning yanvar oyida tajribali hamyurtimiz Bobur Qurbonov bilan jang qilib, g'alabaga erishgan edi.
Fikrlar