14 jan 17:57
Yangiliklar

Tojikistonlik "Tank" UFC'dagi navbatdagi jangini "Falastin faxri"ga qarshi o'tkazadi
UFC 2 mart kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tadigan UFC Fight Night turniri uchun navbatdagi jangni elon qildi.
Ushbu musobaqa doirasida engil vazn toifasida tojikistonlik aralash yakka kurash ustasi, "Tojik tanki" laqabi bilan mashhur Loik Rajabov (17-5-1) oktagonga chiqadi. 33 yoshli Loikga musobaqa doirasida Falastin vakili Abdul-Karim Al-Selvedi (15-3-0) raqiblik qiladi. Jang predim kard doirasida 3 raunddan iborat bo'ladi.
Rajabov uchun bu UFC'dagi uchinchi jang bo'ladi. U avvalgi janglarida bir g'alaba va bir mag'lubiyat qayd etgan. Oxirgi jangini esa 2023 yil iyun oyida Mateush Rebeckiga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan.
"Falastin faxri" Abdul-Karim esa UFC'da debyut jangini o'tkazadi. U ligaga Dana Uaytning davogarlar seriyasida g'alaba qozonish orqali yo'l olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar