So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

03 avg 18:09
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. Akbar Jo'raev O'zbekistonga oltin medalni taqdim etdi

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 3 avgustda Olimpiya o'yinlarining 11-kuni bo'lib o'tdi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


O'zbekistonlik sportchilar quyidagicha natija qayd etishdi:

Engil atletika: Ruslan Qurbonov (uch xatlab sakrash) (uchta urinishda uchta xato)

Boks: SHahobiddin Zoirov (chorak finalda mag'lubiyat)

Boks: Elnur Abduraimov (chorak finalda mag'lubiyat)

Yunon-rum kurashi: Rustam Assakalov (ikkinchi jang, chorak finalda mag'lubiyat)

Boks: Rayhona Qodirova (chorak finalda mag'lubiyat)

Og'ir atletika: Akbar Jo'raev (OLTIN MEDAL!)




SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlarining 11-kunidan olib borilgan matnli translyaciyamiz o'z yakuniga etdi. Kun ajoyib notada yakunlandi!


Akbar dast ko'tarishda 193 kg, siltab ko'tarishda 237 kg, umumiy hisobda esa 430 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi! Oltin medal va Olimpiada rekordi!


17:46. Armanistonlik sportchi 238 kg toshni ko'tara olmadi! SHu tariqa u Akbardan o'tib keta olmadi! Akbarda oltin!


17:42. AJOYIB! Akbar Jo'raev 237 kg tosh ko'tardi! 


17:40. Ikkinchi urinishda 234 kg. o'xshamadi. 


17:30. Akbar Jo'raev ilk urinishni 227 kg.ga o'zgartiridi va ilk urinishni muvaffaqiyatli bajardi. Kumush naqd!


17:09. Jo'raev siltab ko'tarish mashqlarini 230 kg bilan boshlaydi. 


16:55. Siltab ko'tarish mashqlari boshlanmoqda.



16:40. Uchinchi urinishda 193 kg toshni ko'tardi Akbar. Yaxshi. Dast ko'tarishni ana shunday natija bilan yakunladi! Bu ikkinchi ko'rsatkich. Birinchi o'rindagi armanistonlik sportchi 195 kg natija ko'rsatdi. 


16:37. Akbarning ikkinchi urinishi muvaffaqiyatli - 189 kg. tosh bo'ysundirildi!


16:33. CHiqishga oz vaqt qolganda Akbar Jo'raev buyurtmani o'zgartirdi. U ilk urinishda 189 kg. toshga buyurtma berdi. Ammo, dastlabki urinish muvaffaqiyatsiz. 


16:20. Og'ir atletika bahslari boshlandi. Akbar ilk urinishda 190 kg. toshni ko'tarish uchun buyurtma bergan. Huddi shunday buyurtma armanistonlik Simon Martirosyan tomonidan ham ko'rsatilgan. Qolganlar esa ulardan pastroq toshni ko'tarish uchun buyurtma berishgan.

15:44. Og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raevning chiqishiga oz vaqt qolmoqda.


15:05. Yunon-rum kurashi bahslarida Rustam Assakalov bronza uchun kurasha olmaydigan bo'ldi. Uni chorak finalda mag'lub etgan xorvatiyalik Ivan Xuklek yarim finalda yutqazib qo'ydi. SHu tariqa, barcha yunon-rum kurashchilarimiz uchun Olimpiada medalsiz yakunlanadi. 


13:31. Endi og'ir atletikachimiz Akbar Jo'raevning ishtirokini kutamiz. Uning chiqishi soat 15:50da boshlanadi. 


13:13. Rayhona Qodirova chorak finalda braziyaliklik jahon chempioniga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

12:56. Rayhona Qodirovaning jangi boshlanishiga oz vaqt qolmoqda. 


11:11.  Endi birozdan so'ng Rayhona Qodirova braziliyalik jahon chempioni Beatris Ferreyraga qarshi ringga ko'tariladi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi. 


10:14. Boks. Tokio Olimpiadasida ilk oltin medal o'z egasini topdi


9:21. Afsuski Rustam Assakalov xorvatiyalik kurashchiga 1:4 hisobida yutqazdi. Endi xorvatiyalik sportchining finalga chiqishini kutamiz. 

9:10. Yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalovning chorak final jangi boshlanmoqda.


8:32. Endi Assakalov chorak finalda xorvatiyalik Ivan Xuklekka qarshi gilamga chiqadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 9:00dan so'ng boshlanadi.  


8:20. Elnur Abduraimov uchun ham Olimpiada chorak finalda yakunlandi. U armanistonlik bokschiga yutqazib qo'ydi.


8:19. Rustam Assakalov gruziyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib, chorak finalga yo'l oldi.


7:55. Elnur Abduraimovning jangiga oz vaqt qoldi. U birozdan so'ng armanistonlik Ovanes Bachkovga qarshi ringga ko'tariladi. 


7:49. Birozdan so'ng yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov bahsga chiqadi. U ilk bosqichda gruziyalik Lasha Gobadzega qarshi bahs yuritadi.

7:28. SHahobiddin Zoirovning jangi ikkinchi raundda yakunlandi. Uning qoshi yorilib ketgani uchun jang muddatidan oldin tugadi. Afsuski, ushbu vaqtga kelib ochkolar bo'yicha filippinlik bokschi oldinda borayotgandi. SHu tariqa, Zoirov musobaqani chorak finalda tark etdi.


7:02. SHahobiddin Zoirov ringga chiqishga tayyorgarlik ko'rmoqda.


6:40. Ruslan Kurbanov uchta imkoniyatning bittasini ham foydalana olmay, olimpiadani natijasiz yakunladi

6:29. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 



3 avgust kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

5:00 - Engil atletika: Ruslan Qurbonov (uch xatlab sakrash)

7:15 - Boks: SHahobiddin Zoirov

8:00 - Boks: Elnur Abduraimov

8:20 - Yunon-rum kurashi: Rustam Assakalov

13:00 - Boks: Rayhona Qodirova

15:50 - Og'ir atletika: Akbar Jo'raev

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Reyting: +1   

Fikrlar

+13   
03 avg 07:36:39
Azartniy Igrok
Канака режа????? Канака специально хакамлар ? Бу ерда честно ютказди? 2 раунд да хам 100% ютказвотган эди! ЗАСУДИЛИ деган иборани бутта ишлатиш умуман тугри кемайди.....
+8   
03 avg 09:02:57
Boks boks
AРТУР 7001 Пикрингизга кучилган холда айтаман бу янги узб олдида Олимпиода кумитас Спорт вазирлиги Тулкин Кличев билан биргалигда жуаб беричи кервк шу контрол киманани учун. Хурматли мураббийлар айникса жаноби Т Кличев сиз нахохлик килдингиз канша кучли боксчилади йок кивардингиз ташаб кетиб мана окибати эркитойларингиз авколи куттин ичин килдингиз буяги боксти йона ултирмайман десангиз узингиз кетин ховаскор бокстан
+7   
03 avg 08:47:25
Bahrom Abdurahmonov
Nima emish Bobo Usmon Shahramni yutgan emish, shuning uchun Bobo Usmon borgan emish... shu gapni eshitganimda "hali tokyoda sharmandang chiqmasa edi senlarni" degan edim, o'pkangni bosib oldingmi "lyubimchik", tanish-bilishchilar? YO'L BER HALOL, KUCHLI IQTIDORLI YOSHLARGA!
+7   
03 avg 08:23:22
Poison
Elnurni arman jivoy meshok qilib tashadiku. Sharmanda uch roundga hech bulmasa vatan shani uchun urishib berish kk
+7   
03 avg 07:44:38
A
Boks tuxmatmasayam babr yutqizardi raqibi zo‘r uruwdi Waxob tayormas ekan ili trenerlari tayorle omagan
+6   
03 avg 09:34:55
Bobur Sadullayev
Sport oxirgi paytlarda juda pasayib ketdi. I.KARIMOV(joylari jannatda bo'lsin) paytida ancha jadallik bilan o'sayotgan edi!
+6   
03 avg 07:52:51
Тожиддин Ҳикматов
Ўзбекистон спорт делегацияси Токиога 169 кг ош олиб боришгани маълум қилинди.... Мана оқибати
+5   
03 avg 17:49:01
MAN Red
Ha erkak , Mana bunaqa bo'ladi oltin olish
+5   
03 avg 09:34:27
Murod Qiyomov
Bu karupsiya fudbol bn butun sport soxasiga kirib bòpti .uyot emasmi sportchilar qaysi yuz bilan 100 ga yaqin sportchi olimpioada oxiriga kelib 3 yoki 4 ta medal bn qaytsa. yani qaysi yuz bn.qani vatan shani qani or nomus.sizlarda ziģircha bòlsa ham vatanni sevishga qandaydir asos bormi.
+5   
03 avg 08:29:20
Solijon ibn Abduqqodir
Rayhona bugun mardlik qilib erkak bikschilarimizga koʻrsatib qoʻy
+5   
03 avg 07:44:31
Farhod_ bek1990
Hammasiga To'lqin Qilichev aybdor. Sanjar Tursunov Fanat Qahramovlarni tiqishtirgancha yangi chempionlarni tayyorlash kerak edi.
TO'LQIN QILICHEV OUT
+4   
03 avg 09:35:45
Triple
Boks bilan futbol bir bob qolibti
+4   
03 avg 08:40:06
Durimov Ro'zimboy
Bir narsa aniqki, bu olimpiadagia hech qaysi sportchimiz tayyor emas ekan 101%,
+4   
03 avg 08:35:21
Artur7001
Ҳақиқий спортимиз салоҳиятини кўрдинглар. Кимдир жавоб бериши керак бунга. Умуман мотивация йўқ спортчиларда. Ёки айтилётган пуллар ҳамма жойда жар солинаётган шароитлар аслида умуман қилиб берилмаган. Ёки бизникилар рио-2016 дагини шамолида ҳаволаниб юрган. Эй япониянггаям олимпиаданггаям айниқса ҳакамларингга.
+3   
03 avg 17:46:49
Акмалжон Арсенал
Рахмат сенга Акбар
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing