04 avg 15:18
Yangiliklar
Tokio-2020. Bahodir Jalolov finalga chiqdi, ikki erkin kurashchimizda bronzaga imkoniyat bor
Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Engil atletika: Ekaterina Voronina (ko'pkurash) - ikkita chiqishdan so'ng so'nggi o'rinlarda ketmoqda
Kanoeda eshkak eshish: Nilufar Zokirova (yarim finalga chiqa olmadi)
Kanoeda eshkak eshish: Dilnoza Rahmatova (yarim finalga chiqa olmadi)
Erkin kurash: Javrail SHapiev (birinchi jangda mag'lubiyat, ertaga bronza uchun imkoniyat bor)
Erkin kurash: G'ulomjon Abdullaev (ikkinchi jangda mag'lubiyat, ertaga bronza uchun imkoniyat bor)
Boks: Bahodir Jalolov (yarim finalda g'alaba)
15:10. Ettikurash bahslarida qatnashayotgan Ekaterina Voronina yadro uloqtirish bahslarida o'z ishtirokini boshladi.
14:49. Javrail SHapiev ham bronza uchun kurashadigan bo'ldi. Uning eronlik raqibi rossiyalik kurashchini mag'lubiyatga uchratdi. Endi ertaga SHapiev ham bronza uchun o'tish jangida gilamga chiqadi.
14:36. Erkin kurash. Rossiyalik Zavur Uguev yarim finalda eronlik raqibni mag'lubiyatga uchratdi va finalga yo'l oldi. Endi G'ulomjon Abdullaevda bronza uchun kurashish imkoniyati paydo bo'ldi. Ertaga G'ulomjonga ham muxlislik qilamiz.
11:39. Bahodir Jalolovning finaldagi raqibi aniq bo'ldi. Endi u finalda amerikalik Richard Torresga qarshi ringga ko'tariladi.
11:36. Bizda Bahodirning jangidan qaynoq suratlar: Bahodir Jalolovning yarim finaldagi g'alabali jangidan FOTOGALEREYA
11:22. G'ALABA! Bahodir Olimpiada finaliga yo'l oldi! Jang uchinchi raundda yakunlandi. Klarkning qoshida jarohat paydo bo'ldi va jang to'xtatildi. Bu paytga kelib Bahodir ringda ustunlik qilayotgandi! FINAL!
11:18. Ikkinchi raundda Bahodir nokdaun holatiga tushdi. Ammo raunddagi faollik evaziga g'alaba Jalolov tomonda - 4:1!
11:14. Birinchi raund Bahodir foydasiga - 5:0!
11:09. Bahodir va uning raqibi ringga chiqib kelmoqda.
10:55. Bahodirning jangiga oz vaqt qoldi.
9:43. Endi soat 11:00da Bahodir Jalolov britaniyalik raqibga qarshi ringga ko'tariladi.
9:31. Afsuski erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev kuchli sportchi Zaur Uguevga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi sportchimizning taqdiri rossiyalik sportchiga bog'liq bo'lib qoldi.
9:21. G'ulomjon Abdullaevning rossiyalik raqibga qarshi chorak final bahsi boshlandi.
8:47. G'ulomjon Abdullaev chorak finalda ikki karra jahon chempioni, rossiyalik Zavur Uguevga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan soat 9:00dan so'ng boshlanadi.
8:42. SHapievning eronlik raqibi shveycariyalik kurashchini mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi. Endi Eron vakili soat 14:15 dan keyin bo'ladigan yarim finalda g'alaba qozonsa, SHapievda bronza uchun kurashish imkoni paydo bo'ladi.
8:39. Dilnoza Rahmatova chorak finalda marraga uchinchi bo'lib etib keldi va afsuski yarim finalga yo'l ololmadi... Avvaliga translyaciyada uning ikkinchi bo'lib kirib kelgani haqida malumot ko'rsatilgandi. Afsuski, fotofinishdan so'ng Dilnoza uchinchi bo'lgani malum bo'ldi. Agar ikkinchi bo'lganida u yarim finalda qatnashish huquqiga ega bo'lardi. SHu tariqa, har ikki kanoechimiz uchun yakkalikdagi ishtirok yakunlandi. Endi qizlarimiz juftlik bahslarida medallar uchun kurashishadi.
8:34. Eshkak eshuvchimiz Nilufar Zokirova chorak finalda 8 nafar sportchi ichida 6-natijani ko'rsatdi va yakkalikdagi ishtirokini yakunladi.
8:27. G'ulomjon Abdullaev xitoylik raqibga qarshi bahs olib bordi va 10:2 hisobida g'alaba qozondi!
7:55. Birozdan so'ng yana bir erkin kurashchimiz G'ulomjon Abdullaev xitoylik Mingu Liuga qarshi bahs olib boradi.
7:39. Voronina ettikurash bahslarida balandlikka sakrash bahslarini 941 ochko bilan tugatdi. U 1.77 metr balandlikni zabt eta oldi.
7:33. Erkin kurashchimiz Javrail SHapiev ilk bosqichdayoq eronlik kuchli raqib, Olimpiada chempioni, ikki karra jahon chempioni Hassan Yazdanicharatiga 2:11 hisobida imkoniyatni boy berdi. Afsus... O'sha gap. Agar eronlik sportchi finalgacha etib borsa, SHapievda bronza uchun imkoniyat yuzaga keladi.
7:11. Birozdan so'ng erkin kurashchimiz Javrail SHapiev eronlik Hassan Yazdanicharatiga qarshi bahs olib boradi.
7:07. Voronina ettikurashning balandlikka sakrash bahslarida chiqish qilmoqda.
6:40. Kanoechilarimiz endi bugun Toshkent vaqti bilan soat 8:29 dan so'ng chorak finalda startga chiqishadi.
6:31. Kanoechilarimiz birozdan so'ng chorak final bahslarida qatnashishadi. CHorak finaldagi yaxshi ishtirok orqali ular medal uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishlari mumkin bo'ladi.
6:28. Kanoechimiz Dilnoza Rahmatova 200 metrga eshkak eshish bahslarida 6 nafar sportchi ichida 5-o'rinni egalladi. Endi u ham chorak final bahslarida qatnashadi.
6:23. Engil atletikachimiz Ekaterina Voronina Olimpiadadagi ishtirokini boshladi. U 100 metrga to'siqlar osha yugurish bahslarida 14.19 natija qayd etdi va o'z shaxsiy rekordini yangiladi. Ettikurashda qatnashayotgan 24 nafar sportchi ichida bu 23-natija. 24-o'rinni esa marraga etib kela olmagan kubalik sportchi band etgan. Birozdan so'ng u balandlikka sakrash bahslarida o'z ishtirokini boshlaydi.
6:07. Nilufar Zokirova 200 metrga eshkak eshish bahslarida 7 nafar sportchi ichida 6-bo'lib marraga etib keldi. Endi u chorak finalda ishtirok etadi.
6:03. Kanoechimiz Nilufar Zokirova startga tayyorlanmoqda.
6:00. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
4 avgust kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:
5:35 - Engil atletika: Ekaterina Voronina (ko'pkurash)
6:05 - Kanoeda eshkak eshish: Nilufar Zokirova
6:26 - Kanoeda eshkak eshish: Dilnoza Rahmatova
7:30 - Erkin kurash: Javrail SHapiev
7:55 - Erkin kurash: G'ulomjon Abdullaev
11:00 - Boks: Bahodir Jalolov
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
Poster muallifi: Muxtasar Umarova
Fikrlar