29 iyu 13:56
Yangiliklar
Tokio-2020. Bahodirning g'alabasi, dzyudochi va ikki bokschimizda mag'lubiyat
Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Sportchilarimizning natijalari quyidagicha bo'ldi:
Akademik eshkak eshish: SHaxboz Xolmurzaev/Sobir Safaraliev (S final) (6 davlat ichida 4-o'rin)
Dzyudo: Muhammadkarim Hurramov (ikkinchi jangda mag'lubiyat)
Boks: Bahodir Jalolov (1/8 finalda ozarbayjonlik bokschi ustidan g'alabaga erishdi)
Boks: Tursunoy Rahimova (1/8 finalda turkiyalik raqibga mag'lub bo'ldi)
Boks: Fanat Qahramonov (1/8 finalda qozog'istonlik raqibga mag'lub bo'ldi)
SHu tariqa o'zbek sportchilarining Olimpiadaning oltinchi kunidagi ishtiroki yakunlandi.
13:29. Afsuski Fanat Qahramonov qozog'istonlik Abilxan Amankulga 0:5 hisobida yutqazib qo'ydi.
13:13. Fanat Qahramonovning jangi boshlanmoqda! Raqib - qozog'istonlik Abilxan Amankul.
12:23. Ertaga ringga ko'tariladigan bokschilarimiz ro'yxati:
Bobousmon Baturov - Pet Makkormak (Britaniya)
Rayhona Qodirova - Naomi Yumba (Kabo-Verde)
12:12. Fanat Qahramonovning jangiga bir soatdan kamroq vaqt qolmoqda.
11:41. Xitoy medallar jamg'arish bo'yicha birinchi o'ringa chiqib oldi.
10:18. Tursunoy Rahimovaning jangi. Qaysi mamlakat hakamlari qanday baho qo'yishdi?
9:45. Ungacha ushbu sahifamiz orqali Olimpiya o'yinlariga oid boshqa malumotlarni berib boramiz.
9:40. Bugun kun davomida Fanat Qahramonov ham ringga ko'tariladi. U qozog'istonlik Abilxan Amankulga qarshi bahs yuritadi. Jang Toshkent vaqti bilan soat 13:15 da boshlanishi kutilmoqda.
9:19. Tursunoy Rahimova turkiyalik kuchli raqibasiga qarshi jang qildi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Hakamlar bu borada turkiyalik bokschiga g'alabani tuhfa qilishdi. SHubhali qaror. Afsus...
8:57. Birozdan so'ng bokschimiz Tursunoy Rahimovaning turkiyalik raqibaga qarshi jangi boshlanadi.
8:45. Bahodir Jalolov endi chorak finalda hindistonlik Satish Kumarga qarshi bahs yuritadi.
8:25. Muhammadkarim Hurramov yaponiyalik dzyudochiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHu tariqa, Hurramov uchun Olimpiada ikkinchi bosqichdayoq yakunlandi.
8:10. Bahodir Jalolov ozarbayjonlik raqibini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qayd etish lozimki, u ikkinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirishga ulgurdi.
7:55. Bahodir Jalolovning jangi boshlanmoqda. Raqib - ozarbayjonlik Muhammad Abdullaev.
7:49. Hurramov navbatdagi jangini mezbon - yaponiyalik Aaron Vulfga qarshi o'tkazadi.
7:36. Dzyudo. Muhammadkarim Hurramov irlandiyalik raqibini mag'lubiyatga uchratdi. G'alaba bilan boshladik, yaxshiii!
7:28. Akademik eshkak eshuvchilarimiz SHaxboz Xolmurzaev va Sobir Safaraliev o'z chiqishini yakunladi. S finalda vakillarimiz 6 jamoa ichida to'rtinchi bo'lib marraga etib kelishdi.
6:52. Assalomu alaykum qadrli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
Kun davomida quyidagi sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi:
7:20 - Akademik eshkak eshish: SHaxboz Xolmurzaev/Sobir Safaraliev (S final)
7:30 - Dzyudo: Muhammadkarim Hurramov
8:05 - Boks: Bahodir Jalolov
9:05 - Boks: Tursunoy Rahimova
13:15 - Boks: Fanat Qahramonov
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
Fikrlar
Shuncha trinovna qildik deydi qani natijasi reaksiga no'l...
Butun uzbekistonda shu vaznda shundan kuchlisi yuqmi...
3 round turib berolmay yotibdiku...
Hech qanaqa tirnirovka qilmagan...
Эьтироз блдириш айиб иш эмаску. Хатто жиноятчини хам суд карорига эьтироз бирдириш хукуки бор
Undan kuchlilar nechtasi bor, qanday olimpiadaga borib qolgan tushunmadim uni...?