So’nggi yangiliklar

18:10UFC Fight Night 273 турнирининг асосий жанги эълон қилинди + ПОСТЕР 0 17:49Каземиро Лионель Мессининг жамоадошига айланиши мумкин 0 17:28NUR-HAS Karate сарҳадлари кенгаймоқда. Марказнинг АҚШда бўлими очилади 0 17:07Расман! Рамирес vs Бенавидес: икки вазн чемпионларининг жанги тасдиқланди 0 16:46Чимаев вазн тоифасини ўзгартириб, иккинчи UFC камари учун жанг қилади 0 16:25"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр 0 16:04Қишки Олимпиадада олтин медаллар сони бўйича рекорд ўрнатилди 0 15:43Жейк Пол синган жағида иккинчи жарроҳлик амалиётини ўтказди + ФОТО 0 15:22Яримоғир вазнда вакант бўлган UFC камари учун жанг ўтказилади 0 15:01ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум 0 14:40Тошкент мезбонлигидаги Octagon League`нинг асосий жанги Шоҳасан Мирзаматов иштирокида камар учун ўтказилади + ПОСТЕР 0 14:19Милан ва Кортина-2026. Медаллар жамғариш бўйича вазият қандай? 0 13:58Dubai Duty Free Tennis Championships. Свитолина иккинчи финалчи! 0 13:37"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи 0 13:16Қишки Олимпиада-2026. Мусобақанинг ўн еттинчи кунги барча натижалари битта хабарда 0

12 avg 10:53
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020: Bir sportchida 5 ta oltin. Olimpiadaning multimedalchilari bilan tanishing

Teglar :  Tokio-2020
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida bir qator atletlar turli yo'nalishlarda 1 yoki 2 emas, hatto undan ko'p medallarga sazovor bo'lishdi.

Ushbu maqolada ular haqida malumot beramiz:

1. Kaleb Dressel (AQSH)

Amerikalik ushbu suzuvchi ayrimlar uchun afsonaviy Maykl Felpsni eslatib yubormoqda. Biroq afsonaning natijalariga etish hali-beri hech kimga nasib etmasa kerak. Ammo Kaleb Tokioda 6 dasturda ishtirok etib, ularning 5 tasida medalga sazovor bo'ldi. Ularning barchasi oltin medal ekanligi esa u uchun yanada yoqimli. Kaleb Rio-2016 da 2 ta oltin medal qo'lga kiritgan edi. Endilikda u 7 karra Olimpiya o'yinlari chempioni deb tariflanadi. SHuningdek, u Tokioda 1 ta jahon va 3 ta Olimpiada rekordini ham yangiladi.

2. Emma Makkeon (Avstraliya)

Dressel eng sifatli medal jamg'arish bo'yicha etakchilik qilgan bo'lsa, Makkeon medallar soni bo'yicha peshqadam bo'ldi. Avstraliyalik suzuvchi o'zi ishtirok etgan 7 dasturning barchasida shohsupaga ko'tarildi. Ulardan 4 tasi oltin, 3 tasi bronza medali.

3. Keyli Makkioun (Avstraliya)

Yana bir avstraliyalik suzuvchi o'z medallari bilan mamlakatining umumjamoa hisobidagi o'rnida katta hissa qo'shdi. 20 yoshli ushbu suzuvchi ilk Olimpiadasida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. 100 metrga chalqancha suzish dasturida esa Olimpiya rekordini yangilashga erishdi.

4. Ushbu o'rindan 3 tadan oltin medal qo'lga kiritgan atletlar joy olmoqda:

An San (Koreya Respublikasi)

Koreyalik yosh mergan qiz kamondan otish bo'yicha eng maksimal natija qayd etdi. Ushbu sportchi qatnashish mumkin bo'lgan yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy dasturlarning barchasida oltin medal sohibi bo'ldi. 20 yoshli chempion saralash bosqichida esa Olimpiada rekordini ham yangiladi.

Liza Karrington (Yangi Zelandiya)

Baydarkachi Karrington mazkur maqolamizda to'rtinchi o'rinni bir o'ziniki qilib olgan bo'lar edi, agar uning jamoasi 500 metrga kechgan kvartet dasturida ham medal qo'lga kiritganida. Biroq u 500 metrga kechgan yakkalik va juftlik dasturi, shuningdek, 200 metrga yakkalik bahslarida g'alaba qozona oldi.

Eleyn Tompson-Xera (Yamayka)

Yamaykalik sprinter butun Olimpiyachilar hisobidagi multimedalchilar orasida to'rtinchi bo'lib turgan bo'lsa ham, engil atletika sporti bo'yicha peshqadamlik qilmoqda. Tompson-Xera 100 va 200 metr masofaga kechgan dasturlar, shuningdek, 100 metrdagi estafeta yo'nalishida oltin medallarga sazovor bo'ldi. Qolaversa, 100 metrga 10.61 soniya yugurib, yangi Olimpiada rekordini ham qayd etdi.

Keyingi o'rinlardan 2 tadan oltin va kumush medallarni qo'lga kiritgan suzuvchilar amerikalik Keti Ledeki (AQSH) va Yufei CHjang (Xitoy), 2 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medalini olgan avstraliyalik suzuvchi Ariarne Titmus va boshqa atletlar joy olishgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
12 avg 16:27:59
Desant UZ
Suzish sporti Olimpiyada medalini qadrini yerga urvorgan sport turi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing