30 iyu 16:13
Yangiliklar
Tokio-2020. Dzyudochimiz 7-o'rin, Rayhona chorak finalga chiqdi va boshqa natijalar
Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Dzyudo: Bekmurod Oltiboev (7-o'rin)
Boks: Bobousmon Baturov (chorak finalda mag'lub bo'ldi)
Boks: Rayhona Qodirova (1/8 finalda g'alaba qozondi)
Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash) (o'z guruhida 16 sportchi ichida 14-o'rin)
Suzish: Natalya Kritinina (o'z guruhida 8 sportchi ichida 8-o'rin)
SHu tariqa o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid matnli translyaciya yakuniga etdi.
16:08. Roksana Xudoyarova uch xatlab sakrash bahslarida 13,02 metr natija ko'rsatdi va 14-o'rinni egalladi. Demak, u ikki guruh bahslariga ko'ra kuchli 12 nafar sportchi ichiga kira olmadi.
15:33. Suzuvchimiz Natalya Kritinina 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida o'z guruhida oxirgi o'rinni egalladi. U 26.93 natija ko'rsatdi.
15:04. Engil atletikachimiz Roksana Xudoyarova uch xatlab sakrash bahslarini boshladi. U 17 nafar ishtirokchi bor ichida A guruhida bahslarga kirishgan. B guruhida ham 17 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Uchta urinish yakuniga ko'ra, 34 nafar sportchidan eng yaxshi natijani ko'rsatgan 12 nafari finalga yo'l oladi.
13:37. Kunni medalsiz yakunlashimiz aniq bo'lib ulgurdi. Sababi, bugun faqatgina engil atletika va suzish yo'nalishida vakillarimiz qoldi. Ular saralash bosqichida qatnashishadi.
13:32. Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboev ukrainalik raqibga yutqazdi va bronza medalini olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
13:30. Rayhona Qodirova kongolik raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi u keyingi jangini braziliyalik Beatris Ferreyraga qarshi o'tkazadi.
13:14. Rayhona Qodirovaning kongolik Naomi Yumbaga qarshi jangi boshlanmoqda.
12:42. Kun davomida yana to'rt nafar hamyurtimizning ishtirokini kuzatishimiz mumkin:
13:15 - Boks: Rayhona Qodirova
13:25 - Dzyudo: Bekmurod Oltiboev
15:05 - Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash)
15:35 - Suzish: Natalya Kritinina
12:31. Tennis bahslarida Karen Xachanov ispaniyalik Bustani 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi u g'oliblik uchun Jokovich - Zverev o'yini g'olibiga qarshi bahs yuritadi.
10:10. Yana qaysi yo'nalishlarda medal uchun imkoniyatimiz bor? Tanishing: Tokio-2020. Qaysi sport turlarida kurashni davom ettiramiz?
9:26. Oltiboev endi o'tish jangida ukrainalik Yakiv Xammoga qarshi kurashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:30dan so'ng boshlanadi.
9:24. Bekmurod Oltiboev Olimpiya o'yinlari chempioniga yutqazdi. Endi u bronza uchun kurashadi
9:08. Bekmurod Oltiboevning chorak final bahsiga oz qoldi. Raqib - Olimpiada chempioni, chexiyalik Lukash Krpalek.
8:54. Afsuski, Bobousmon Baturov britaniyalik Pet Makkormakka 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va o'z yurishini chorak finalda yakunladi.
8:35. Bir necha daqiqadan so'ng Bobousmon Baturov chorak final doirasida britaniyalik Pet Makkormakka qarshi bahs yuritadi. "Oilaviy" telekanali boks janglarini namoyish etmoqda.
8:31. G'ALABA! Oltiboev 25 soniya ichida raqibini IPPON evaziga mag'lub etdi. Ajoyib. Bizda chorak final!
8:28. Bekmurod Oltiboevning jangi boshlanmoqda. Raqib ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, niderlandiyalik Xenk Grol.
8:01. Oltiboevning jangi kutilganidan biroz kechikmoqda. Bahs taxminan 8:20 dan so'ng boshlanadi.
7:48. Bu orada dzyudo afsonalaridan biri Teddi Riner isroillik raqibini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi.
7:37. Oltiboevning keyingi raqibi niderlandiyalik Xenk Grol. Uchinchi raqam ostida saralangan dzyudochi. Jang taxminan soat 8:05 dan so'ng boshlanadi.
7:34. Oltiboevda g'alaba! U bir necha soniyalar ichida mo'g'ulistonlik raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi.
7:22. Birozdan so'ng Bekmurod Oltiboevning bahsi boshlanadi. Undan oldingi bellashuvlarning aksariyati muddatidan oldin yakunlandi va shu sababli bahs kutilganidan oldinroq boshlanmoqda.
6:50. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz.
30 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:
7:45 - Dzyudo: Bekmurod Oltiboev
8:35 - Boks: Bobousmon Baturov
13:15 - Boks: Rayhona Qodirova
15:05 - Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash)
15:35 - Suzish: Natalya Kritinina
Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan
Poster muallifi: Muxtasar Umarova
Fikrlar