So’nggi yangiliklar

08:35Мане, Кулибали, Гуйе, Менди, Мбайе — Сенегал терма жамоасининг Африка Кубоги учун таркиби маълум 0 08:14Деонтей Уайлдер: "Қанча кўп мағлубиятга учрасанг, жанг учун шунча кўп танловинг бўлади" 0 07:53Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи куни ҳам 5 та вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 07:32Хабиб Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 07:11Арда Гюлерга даъвогарлар сони устага етди 0 22:15Ўзбекистон IBA Жаҳон чемпионатидаги иштирокини тугатди. Якуний натижалар қандай бўлди? 1 21:58Арман Маханов иштирокидаги финал жанги 2-раундда тўхтатилди 0 21:43Тўрабек Ҳабибуллаев ҳам Жаҳон чемпионатини иккинчи ўринда якунлади 0 21:06Жавоҳир Умматалиев - ЖЧ кумуш медали соҳиби! 0 20:09Асадхўжа Мўйдинхўжаев - Жаҳон чемпиони! 0 19:33Абдумалик Халоков яна бир Жаҳон чемпионатини совриндор сифатида якунлади 1 18:36Ҳасанбой Дўсматов энди икки карра Жаҳон чемпиони! 0 17:51Генри Сехудо UFC’дан кетганидан кейинги режаларини ошкор қилди 0 17:30Уайлдер: "Пол — Жошуа? Мен бундай жангларга кўргазмали тўқнашув сифатида қарайман" 0 17:09ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади? 0

31 iyu 11:03
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. Ikki bokschimizda g'alaba, dzyudochilarimiz jamoaviy bahslarda yutqazib qo'yishdi. Olimpiadaning sakkizinchi kuni o'zbek sportchilari uchun yakunlandi

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 31 iyul kuni Olimpiadaning sakkizinchi kun bahslari o'tkazildi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

O'zbekistonlik sportchilar Olimpiadaning sakkizinchi kunida quyidagi natijani qayd etishdi:

Dzyudo: Jamoaviy (birinchi bosqichda Niderlandiyaga mag'lubiyat)

Boks: SHahobiddin Zoirov (1/8 finalda Kabo-Verde bokschisi ustidan g'alaba)

Boks: Elnur Abduraimov (1/8 finalda Tojikiston bokschisi ustidan g'alaba)

O'q otish: Muxtasar Toxirova (37 sportchi ichida 30-o'rin)



10:51. SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiadaning sakkizinchi kunidagi ishtiroki yakunlandi. 


10:49. Muxtasar Toxirova 37 nafar sportchi ichida 30-natija bilan yakunladi. Bu finalga chiqish uchun etarli bo'lmadi.


9:52. O'q otish: Muxtasar Toxirova 37 nafar sportchi orasida ayni paytda 33-o'rinni egallab turibdi. Bu yo'nalishda eng kuchli 8 nafar mergan finalga yo'l oladi. 


9:06. Elnur Abduraimov tojikistonlik bokschi, Osiyo chempioni Bahodur Usmonovni 5:0 mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi u navbatdagi jangida armanistonlik Ovaness Bachkovga qarshi ringga ko'tariladi.


8:45. Elnur Abduraimovning tojikistonlik raqibga qarshi jangi boshlanishiga oz vaqt qoldi.


8:33. Jamoaviy bahslarda Niderlandiyaga yutqazib qo'ydik. Dzyudochilarimiz Olimpiadadagi o'z ishtiroklarini yakunlashdi! So'nggi jangda Bekmurod Oltiboev yutqazib qo'ydi. Afsus...


8:25. Farangiz ham mag'lub bo'ldi. Hisob tenglashdi - 3:3.


8:21. Bobonov yutqazib qo'ydi. Hisob 3:2...


8:15. Gulnoza Matniyazovada ham g'alaba! 3:1!


8:07. G'alaba! Hikmatilloh To'raev O'zbekistonni oltinga olib chiqdi! 2-1!


7:59. Diyora Keldiyorova yutqazib qo'ydi - 1:1...


7:52. O'zbekiston - Niderlandiya. Dzyudochilarimiz g'alaba bilan boshlashdi! 1-0! Bekmurod Oltiboev raqibini ippon evaziga mag'lub etdi.


7:44. G'ALABA! Zoirov Varelani 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. 


7:25. SHahobiddin Zoirovning jangiga oz qoldi. U Kabo-Verde vakili David Varelaga qarshi bahs yuritadi. 


7:04. Birozdan so'ng dzyudochilarimiz jamoaviy bellashuvlarni boshlashadi. Raqib - Niderlandiya. 

Terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

+90 kg: Bekmurod Oltiboev – Xenk Grol

-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verxagen

-73 kg: Hikmatilloh To'raev – Tornike Tsakadoea

-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke

-90 kg: Davlat Bobonov – Noel van Tend

+70 kg: Farangiz Hojieva – Guse Stinxaus


6:50. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


31 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

7:20 - Dzyudo: Jamoaviy

7:30 - Boks: SHahobiddin Zoirov

8:00 - O'q otish: Muxtasar Toxirova

8:50 - Boks: Elnur Abduraimov

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
31 iyu 08:37:25
Sherozbek Toshmatov
Oʻzbekiston dzyudosi bir tiyinga qimmat
   
31 iyu 14:26:09
Мухлис
Boks boks foydalanuvchining fikriga javob berish
52 -75 куба йуксбуса керак
52да бор экан Йозбанй Веита
   
31 iyu 12:07:27
Boks boks
52 -75 куба йуксбуса керак
   
31 iyu 11:14:25
Adhamjon 40 C123 MA
Martinez RIO 16 da cubalikni mağlub etib finalga chiqqanidi adashmasam, Xasanboy finalda Martinezni oson yutganidi.
   
31 iyu 11:09:56
Bobur Sadullayev
tugadi... ))
   
31 iyu 09:36:50
Мухлис
Куба терма жамоаси 8 тадан 7 та вазнда борган экан. 75кг.да йўлланмаси йўқ. 7та боксчидан ҳали бирортаси ютқазмапти қойил. Улар бу олимп.да умумжамоа ҳисобида 1-бўлса керак.
   
31 iyu 09:27:55
Мухлис
Куба терма жамоасининг деярли барча боксчилари мағлуб бўлмаяпти.
   
31 iyu 09:18:26
Мухлис
Элнур Арманистонлик рақибини енгса ярим финалда Рус ёки Америкаликка дуч келиши мумкин экан. Иншаоллох финалга чиқса Кубалик Andy Cruz Gomezга ыарши жанг қилиши мумкин. Гомес бизнинг Иқболжон Холдоровни 2-3 марта ютган эди. Хатто WSBда Тошкентда 4-1 Бўлганида ҳам айнан Иқбол ютқазган эди шу боксчига. Хатто ўша турнирда Санжар Кубалик Савонни мағлуб этган.
   
31 iyu 09:14:39
Мухлис
Шахобиддиннинг асосий рақиби бўлиши кутилган Амит мағлуб бўлди. Аслида уни мағлуб этган боксчи кучсиз эмас. У колумбиялик, РИО-2016 да 49кг вазнда финалда Хасанбойга ютқазган эди. Шахобиддин Чорак финалдан ўтса ярим финалда айнан Мартинес Юбержанга қарши жанг қилади. Финалда эса катта эхтимол билан Кубалик Ёзбаний Веитага қарши жанг қилади. У Гамбургдаги ЖЧ да олтин медал олган.
   
31 iyu 09:10:21
Достон Давлат Шоҳ
Buxoro, Surxondaryoda to‘yga chiqib yuradigan bollarni tarbiyalash kerak. Ko‘tini ayirib yuboradi bularni. Ishonganimiz Bobonov edimi? Bayramni ko‘p nishonlab yubordi shekilli !
   
31 iyu 09:10:08
Boks boks
Уштасига хам кийин жанг булади ярим финалда аллохим омадларнги берсин бор умитимиз сизларда
   
31 iyu 09:09:40
Fargona
Elnurni chayb tomonlayotganlar endi oz inlarda jim otradi . Osiyo chempionini yutdi buyogiga xam yuzini yorug qilsin Ollohm. Arman Javatni yutmagandi Ozarbajonlar uchunxam armanni yut Elnuuuur
   
31 iyu 09:07:54
panasia
Boksdan 3 ta yoki 4 ta medal olishimiz mumkin. Qizimiz ham chorak finaldan o'ta olsa kk)
   
31 iyu 09:07:46
Azizbek Rustamovich
Elnur o‘z imkoniyati darajasida kurashmoqda. Harakat qilmoqda. Ammo uni datajasi chempionlikka tortmasligi afsuslanarli. Ammo umid qilamiz u o‘z darajasidan bir bosh yuqorilay oladi
   
31 iyu 09:07:22
Тожиддин Ҳикматов
Назотки шу бизнинг Элнур бўлса????? Шахобиддинга хам омад!!! Баходир бўш келма! Уч баходирларга омад! Умид фақат сизлардан қолди!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing