27 avg 08:12
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Tokio-2020: Ikki paradzyudochimiz medallar uchun kurashadi
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarining dzyudo bellashuvlarida chorak finaldan o'rin olgan bir qator bahslar o'z yakuniga etdi.
Jumladan, erkaklar o'rtasida -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan SHerzod Namozov venesuelalik Markos Dennisga yutqazib qo'ydi. Endi u bronza medali yo'lidagi o'tish bahsida jazoirlik Ishak Ouldkudirga qarshi tatamiga chiqadi.
-66 kg vazn toifasidagi paradzyudochimiz Uchqun Quronboev esa chorak finalda dzyudo vatani vakili - yaponiyalik Yujiro Setodan ustun keldi va yarim finalga yo'l oldi. Quronboevning final chiptasi uchun kechadigan uchrashuvdagi raqibi ukrainalik David Xorova bo'ladi.
Havola :
Fikrlar