23 noy 16:01
Yangiliklar
Tokio-2020 obektlarida test musobaqalari 2021 yilning mart oyidan davom ettiriladi
Tashkiliy qo'mita vakili Xidemasa Nakamura bu borada shunday dedi: “Biz Yaponiya hukumati va Tokio mamurlari bilan birgalikda COVID-19 ga qarshi qanday kurashishni muhokama qilmoqdamiz. Biz kelgusi yil boshidan o'z ishimizni boshlaymiz va mart oyidan test musobaqalarini o'tkazishga kirishamiz.
Dunyoda vakcina haqidagi yangiliklarni kuzatib bormoqdamiz. Aytish mumkinki, bu boradagi ijobiy xabarlar barchamizni xursand qiladi. Biroq u hali rasman tasdiqlanmagan. SHuning uchun butun diqqat-etiborimizni koronavirusni tez fursatda aniqlovchi test o'tkazish, ijtimoiy masofani saqlash, sportchilar va boshqa rasmiylar bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratganmiz”.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari 2021 yil 23 iyul – 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar