22 mar 17:01
Yangiliklar
Tokio-2020 Olimpiadasi ikki yildan keyin o'tkazilishi mumkin
Koronavirus pandemiyasi xavfi sabab Olimpiada belgilangan vaqtida o'tkazilmaydi. Tokio Olimpiadasining 24 iyuldan 9 avgustgacha o'tkazilishi belgilangan. Ammo, koronavirus sabab aksariyat ishtirokchi mamlakatlarda karantin elon qilingan. Bu esa musobaqaning vaqtida o'tkazilishiga soya soladi.
Reuters axborot agentligining xabar berishicha, hozirning o'zida bir nechta mamlakat milliy olimpiya qo'mitalari, shuningdek, AQSH engil atletika federaciyasi, Ispaniya futbol federaciyasi olimpiya o'yinlarini imkon qadar kechroq muddatga ko'chirishni so'rab tashkiliy qo'mitaga murojaat qilgan.
Manbaning xabariga ko'ra, Olimpiadani muxlislarsiz o'tkazish, musobaqani 45 kunga keyinroqqa ko'chirish va xatto bir yoki ikki yilga kechiktirish variantlari ham kdrib chiqilmoqda.
Fikrlar