09 iyu 07:29
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020 Olimpiadasi musobaqalari tomoshabinlarsiz o'tkaziladi
Tokiodagi Yozgi Olimpiya o'yinlari tomoshabinlarsiz o'tkaziladi.
Qaror bugun 2020 yilgi Olimpiada tashkiliy qo'mitasi, Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) va Tokio shahar hokimiyati vakillarining onlayn yig'ilishida qabul qilindi.
Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga kecha Tokioda COVID-19 yuqtirish holatlari ko'paygani sababli favqulodda holat joriy etilishini elon qildi.
Avvalroq, O'yinlarning ochilish va yopilish marosimlari ham tomoshabinlarsiz o'tkazilishi malum bo'lgan, ammo VIP sektorga mehmonlar kirishlari mumkin bo'lgandi.
Tokioda favqulodda holat 22 avgustgacha davom etadi, Olimpiada esa 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar