So’nggi yangiliklar

15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0 10:12WBC рейтинги янгиланди: деярли барча боксчиларимизда ўсиш! 0 09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0

14 apr 19:38
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 Olimpiadasi startiga 100 kun qoldi!

Teglar :  Tokio-2020
Butun sport jamoatchiligining etibori bu yil Yaponiya poytaxtiga qaratilishi aniq.

2021 yilning 23 iyul sanasida kun chiqar yurt poytaxti XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarini qabul qiladi. Bugun 1 yilga surilgan mazkur Olimpiada startiga roppa-rosa 100 kun qoldi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash to'g'risida”gi PQ-2821-son qaroriga muvofiq Milliy Olimpiya qo'mitasi Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda bevosita hukumatimizning qo'llab-quvvatlashi ostida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Hozirda bir qator sport turlarida vakillarimiz Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini yig'ib kelishmoqda.

Nasib qilsa, joriy yil bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasi Rio-de-Janeyrodagidan ham yuqori natijalarni qayd etib, yurtdoshlarimizga unutilmas g'alabali onlarni taqdim etishadi. Eslatib o'tamiz, hozirda delegaciyamiz hisobida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari uchun 36 ta, Paralimpiya o'yinlariga esa 16 ta yo'llanma mavjud.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing