So’nggi yangiliklar

18:41Асу Алмабаев Рамазон Темировга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:20ПСЖ 300 миллион долларлик янги машғулот марказини очди 0 17:58"Фьюри реваншда Усикни мағлуб этади" - собиқ чемпион 0 17:34Фигерейду Ян билан жанги учун ўз тахминини айтди 0 17:07Жейк Пол нима учун Тайсон билан жанги ўзига ёқмаганини айтди 0 16:41"Манчестер Сити" Холандга янги шартнома таклиф қилмоқчи 0 16:20Шахмат ва парашахмат бўйича “ҳоким кубоги” 0 15:59Россиялик блогер Баҳодир Жалоловнинг навбатдаги рақиби ҳақида: "Мешок"ларнинг камдан-кам учрайдигани рақиб қилиб олинди" 0 15:38Волейболчи талаба-қизлар ғолиблик учун беллашди 0 15:17Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди 0 14:56Муҳаммад Мокаевнинг Brave CF'даги илк рақиби маълум 0 14:35Ҳасанбой Дўсматов Лос-Анжелес-2028даги иштироки ҳақида: "Бир нарса дейиш қийин" 0 14:14Қозоғистон терма жамоасининг Осиё чемпионати учун таркиби эълон қилинди 0 13:53Суперлига. Чемпион Фарғонада меҳмон! 0 13:32Ҳамюртимиз ONE FC турнирининг марказий жангида иштирок этади (+тўлиқ кард) 0

07 iyu 14:26
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 Olimpiadasi taqvimi: musobaqa qachon va nechta sport turi bo'yicha o'tkaziladi? Olimpiadada Rossiyaning maqomi qanday bo'ladi?

Tobora oz fursat qolayotgan Tokio Olimpiadasi 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lgan vaqt oralig'ida o'tkaziladi.

Musobaqalar qaerda bo'lib o'tadi? Nechta medallar jamlanmasi o'ynaladi? Yaponiya qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqda va pandemiya yilning asosiy voqeasiga qanday tasir o'tkazmoqda? Biz eng muhim savollarga Olimpiada arafasida javob beramiz.

O'yinlar qachon bo'lib o'tadi va translyaciyalarni qaerda tomosha qilish mumkin?

Aslida Tokiodagi XXXII Olimpiya o'yinlari o'tgan yili o'tkazilishi kerak edi, ammo 2020 yil mart oyining oxirida Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi (XOQ) musobaqani bir yilga qoldirganini elon qildi. Sabab - COVID-19 pandemiyasi. Garchi musobaqa 2021 yilda o'tkazilayotgan bo'lsada, marketing tufayli “Olimpiada-2020” nomi o'zgartirilmadi.

Bir yil o'tgan bo'lsada, koronavirus hali ham dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. SHunga qaramay, XOQ Olimpiya o'yinlarini belgilangan muddatda o'tkazishni rejalashtirmoqda. Ochilish marosimi 23 iyul kuni Tokiodagi Yangi Milliy stadionda bo'lib o'tadi. Marosimning boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da. Xuddi shu kuni eshkak eshish va kamondan otish bo'yicha bellashuvlar boshlanadi, ochilish marosimidan ikki kun oldin (21 iyul kuni) futbol va softbol musobaqalari boshlanadi.

24 iyul kuni birinchi medallar jamlanmasi o'ynaladi, shu kundan boshlab to yopilish marosimigacha har kuni sportchilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. Medallarning katta qismi yopilish marosimidan bir kun oldin, yani 7 avgustda tarqatiladi (34 to'plam).

O'yinlarning yopilish marosimiga ham poytaxtning asosiy stadioni mezbonlik qiladi. U 8 avgustda Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi. Olimpiya o'yinlarini Rossiyada markaziy kanallar namoyish etadi: "Rossiya 1" va "Match TV". Translyaciya qanday tarqatilishi hozircha nomalum.

To'rt yillikning nufuzli turnirini mamlakatimizda MTRK tizimidagi telekanallar namoyish etadi. Bellashuvlarning asosiy qismi “Sport” telekanali orqali jonli efirda uzatiladi. SHuningdek, “Toshkent” hamda “Dunyo bo'ylab” telekanallarida ham jonli translyaciyalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.


Olimpiada musobaqalari qaerda bo'lib o'tadi?

Tokioda rekord darajadagi Olimpiya inshootlari bo'ladi -  umumiy 42 ta. Besh yil oldin Rioda 37 ta, 2012 yil London Olimpiadasida 31 ta sport majmuasi bor edi. SHu bilan birga, Yaponiya poytaxtida birdaniga bir nechta turdagi obektlar mavjud: ularning bir qismi - 1964 yilgi Olimpiya o'yinlarining merosi bo'lsa, ikkinchisi zamonaviy binolardir. Ikki davrning tutashgan joyida o'tmish va kelajakni birlashtirish ramzi sifatida Olimpiya shaharchasi joylashgan. Bundan tashqari, 42 ta obektdan atigi 8 tasi yangi, yana 10 tasi vaqtinchalik binolardir.


Qadimgi binolar orasida XV asrda qurilgan imperator saroyi ajralib turadi. Marafon ishtirokchilari va sportcha yurish qatnashchilari uchun marra mana shu er bo'ladi. Masalan, avvalgi Formula-1 trekida velosport musobaqasi bo'lib o'tadi.

Musobaqalar nafaqat Tokioda, balki yaqin shaharlarda ham o'tkaziladi: Yokogama, Saytama, Senday, Kasima va Sapporo. U erlarda futbol uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Fukusima beysbol va softbol bahslariga mezbonlik qiladi, elkanli sport bo'yicha musobaqalar esa Enoshima orolida boshlanadi. CHiba plyaji serfingchilarni kutmoqda.


Rekord darajadagi medallar jamlanmasi va yangi sport turlari

Tokioda 33 ta sport turidan 339 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi. Taqqoslash uchun: Rio-2016 da 28 ta sport turida 306 ta, London-2012 da esa 26 ta sport turida 302 ta medallar jamlanmasi o'ynalgan. Parijdagi navbatdagi Olimpiadada ham kamroq medallar o'ynaladi (329).

Tokioda 3x3 basketbol va BMX fristayl sport turlari Olimpiya o'yinlari dasturida debyut qiladi va medison velotrekka qaytadi. Pekin-2008 dan beri birinchi marta beysbol va softbol dasturga kiritildi. XOQning yangi siyosatii tufayli mezbon mamlakat taqvimga yangi sport turlarini qo'shishi mumkin. Yaponlar bu imkoniyatdan quyidagi sport turlarini kiritish orqali foydalandi: karate, qoyaga ko'tarilish, serfing va skeytbording.

Jahon miqyosidagi tenglikni taminlash maqsadida Olimpiada dasturiga ko'plab aralash bahslar qo'shildi: suzish, engil atletika, dzyudo va kamondan otish (erkaklar va ayollar o'rtasida mikst).

Eng ko'p medallar engil atletika (48), suzish (37) va velosportda (22) o'ynaladi.

O'yinlarda 205 mamlakatdan 11 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.


Muammolar: koronavirus va tebrangan byudjet

Albatta, Tokio Olimpiadasi tashkilotchilari uchun asosiy muammo bu koronavirus pandemiyasi. Yaponiya to'rtinchi to'lqin bilan kurashmoqda. SHu bilan birga mahalliy aholi ushbu yozda Olimpiadaning o'tkazilishini qo'llab-quvvatlamaydi: so'rovnomalar ko'rsatganidek, yaponiyaliklarning yarmidan ko'pi musobaqani bekor qilish yoki boshqa vaqtga qoldirishni yoqlamoqda.

Yana bir muammo - moliya. Dastlab Olimpiadaning budjeti 7 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2019 yilga kelib uning umumiy qiymati 25 milliardga etdi. Bloomberg tadqiqotiga ko'ra, agar o'yinlar bekor qilinsa, Yaponiya 13 milliard yo'qotadi. Iqtisodiyotga 1,38 milliard dollar kam mablag' tushadi, chunki chet ellik muxlislar uyda qolishadi.

Ehtimol, ob-havo muammolarni ham qo'shish mumkindir, sababi o'yinlar eng issiq oylarda o'tkaziladi. Agar 1964 yilda musobaqa oktyabr oyida bo'lib o'tgan bo'lsa, 2021 yilda ular Olimpiya o'yinlari uchun xalqaro sport taqvimini qayta tuzish g'oyasidan voz kechishdi. Faqat sportcha yurish va marafon ishtirokchilari uchun istisno qilingan. Startlar tong otishi bilan boshlanadi, shunda sportchilar issiqning eng yuqori darajasida qolishmaydi.


Pandemiya tufayli qanday cheklovlar joriy etildi?

Albatta, XOQ va Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi koronavirusga qarshi ehtiyot choralarini ishlab chiqdi. Ochilish marosimi ishtirokchilari soni qisqartirilishi mumkin. Yil boshida 11 ming ishtirokchining o'rniga 6 ming ishtirokchi varianti muhokama qilindi. SHuningdek, mansabdor shaxslarning delegaciyalari ham cheklangan bo'ladi. Bundan tashqari, Tokioda chet ellik muxlislar bo'lmaydi. Tashkilotchilar yaponiyaliklarning o'zlari tribunalarni to'ldirishadi deb umid qilmoqdalar, ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmadi.

Sportchilar va Olimpiadaning barcha ishtirokchilari (murabbiylar, mutaxassislar, hakamlar, jurnalistlar) uchun XOQ maxsus qoidalar ishlab chiqdi. Sportchilar har doim niqob taqib yurishlari shart, muxlislar o'zlarini qarsaklar bilan cheklab, qichqiriqdan tiyilishlari so'raladi.


Olimpiya o'yinlarida ishtirokchilarining musobaqalarga tomoshabin sifatida kirishiga yo'l qo'yilmaydi, ovqatlanish vaqtlari minimal darajaga tushirilishi kerak, jamoat transporti va mahalliy muassasalarga borish taqiqlanadi. Har kuni sportchilar koronavirusga qarshi test topshirishadi, Olimpiada oldidan barcha aloqalarni qayd etib borish shuningdek, maxsus dasturda ro'yxatdan o'tish zarur.


Rossiya Tokio Olimpiadasiga qanday maqomda boradi?

Sport arbitraj sudi (CAS) WADA`ning Rossiyaga qarshi sankciyalarini qisman qo'llab-quvvatladi. Ikki yil davomida (2020 yil dekabridan) Rossiya o'z bayrog'i ostida Olimpiya o'yinlarida ishtirok eta olmaydi. CHeklovlar Pxyonchxan-2018 kabi jiddiy emas. Tokioda Rossiya jamoalari ROQ bayrog'i ostida (Olimpiya halqalari ustidagi uch rangli rangda olov) chiqish qilishadi. Titrlardagi odatdagi RUS o'rniga ROC - Russian Olympic Committee qisqartmasi bo'ladi.

Bu safar Rossiya Rio-2016 ga qaraganda kamroq sportchi bilan ishtirok etadi. Engil atletika bahslarida Olimpiadaga atigi 10 nafar sportchi qabul qilindi. Og'ir atletikada vaziyat yanada yomonroq - u erda Rossiyada atigi 2 ta kvota mavjud. Mana shunday tarkib bilan ham Rossiya medallar reytingida kuchli beshlik uchun kurash olib borishi aytilmoqda. Sababi, suv sporti, gimnastika va qilichbozlik bo'yicha etakchilar Tokioga yo'l olishmoqda.

Tokio Olimpiadasiga tobora oz fursat qolmoqda. SHunday ekan bizni kuzatishda davom eting. 

Bir necha kundan so'ng O'zbekistonning Tokio Olimpiadasidagi imkoniyatlarini muhokama qilamiz. 

Xurshida Abdikulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing