01 iyu 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Xurshid Tojiboev Ispaniyada prof boksdagi 8-jangini o'tkazdi
Ispaniyaning Kastelon provinciyasi Vilyarreal shahrida navbatdagi professional boks turniri bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu boks oqshomi doirasida Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi, Osiyo o'yinlari va Osiyo chempionatlari sovrindori Xurshid Tojiboev ham o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Olti raundlik jangda yurtdoshimizga Ekvador vakili Jefferson Vargas raqib bo'ldi. To'liq davom etgan bahsda Tojiboev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. Uchchala hakam ham bir xilda - 60-54 hisobidagi g'alabani charm qo'lqop ustamizga bergan.
Malumot uchun, Xurshid Tojiboev prof boksda hozirgacha 8 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alabaga erishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar