21 okt 07:36
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etgan delegaciya endi o'z yurtiga qaytdi
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida qatnashgan Kuk orollari delegaciyasi Yangi Zelandiya orqali o'tgan yo'nalish va undagi karantin talablari sabab endi o'z uyiga qaytdi.
Kuk orollari Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbari Xyu Grem boshchiligidagi delegaciya 13 hafta avval Yaponiyaga jo'nab ketgan edi. Qaytish yo'lida ular Yangi Zelandiyadagi tranzit yo'nalishini tanlashdi.
Biroq bu yo'nalish kuchli lokdaunga tushib qolgach, u erdagi barcha karantinga olindi. SHu bois delegaciya rahbari va Olimpiadada qatnashgan 6 nafar sportchi uzoq vaqt uylariga qayta olishmagan edi. Nihoyat, ular o'z vatanlariga qaytishdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar