So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

14 apr 18:01
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma olgan kurashchilarimiz taqdirlanishdi

Teglar :  Sport kurashlari
Xabaringiz bor, joriy yilning 9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Olma-ota shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo qitasi uchun Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi musobaqa bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqada sportchilarimiz tomonidan yunon-rum kurashi bo'yicha 1 ta, erkin kurash bo'yicha 4 ta yo'llanma qo'lga kiritildi.

Bugun MOQda ushbu turnir orqali Olimpiadaga yo'llanma olgan kurashchilarimizni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosarlari Azizjon Kamilov va SHerzod Tashmatov, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisining o'rinbosari SHomurod SHofayziev, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Kasaba uyushmalari sport boshqarmasi boshlig'i Bahodir Tojiev, Turizm va sport vazirligi vakillari, Olimpiadaga yo'llanma olgan sportchilarimiz, shuningdek, OAV xodimlari hamda sport jamoatchiligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida MOQ raisi hamyurtlarimizni qo'lga kiritilgan yo'llanma bilan samimiy muborakbod etib o'tdi.

“Avvalambor, qo'lga kiritilgan navbatdagi muvaffaqiyat bilan barchangizni samimiy tabriklayman. Buning ortida Sizlarning katta mehnatingiz turibdi. Qolaversa, Sizlarning g'alabalaringiz yoshlarimiz uchun yanada katta motivaciya bo'ladi. Ular kimga qarab intilishlarini ko'rishmoqda. Bu esa hukumatimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirishda muhimdir”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Tadbir davomida Bahodir Maxsitov, Bahodir Tojiev, SHomurod SHofayziev so'z olib, kurashchilarimizga iliq tilaklarini bildirib o'tishdi.

SHundan so'ng sportchi va murabbiylarimizga belgilangan miqdorda bir martalik pul mukofotlari taqdim etildi. Unga ko'ra kurashchilar va ularning trenerlari quyidagi miqdordagi mukofotlarga ega bo'lishdi:

Sportchi Abdullaev Muminjon Rustamovich 100 million so'm, uning murabbiyi Ruzikulov Ravshan Raxmatulloevich 50 million;

Sportchi Abdullaev G'ulomjon Ozodovich 100 million so'm, uning murabbiyi Bazarbaev Abdurauf Abdurazakovich 50 million so'm;

Sportchi Abdurahmanov Bekzod Maxamadjanovich 100 million so'm, uning murabbiyi Abdurahmanov Muzaffar Maxamadjanovich 50 million so'm;

Sportchi SHapiev Javrail Nurmagomedovich 100 million so'm, uning murabbiyi Xikmatov Olimjon Azizovich 50 million so'm;

Sportchi Ibragimov Magomed Idrisovich 100 million so'm, uning murabbiyi Ro'ziev Axroljon Axmedovich 50 million so'm.

Tadbir yakunida MOQ raisi sportchilarimiz bilan uchrashib, Olimpiadaga tayyorgarlik rejalarini atroflicha muhokama qilib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing