16 iyu 13:51
Yangiliklar
“Tokio-2020“ Olimpiya o'yinlari sababli nufuzli musobaqa boshqa sanaga ko'chirildi
Bu haqda Turkiyaning sport va yoshlar masalalari bo'yicha vaziri Mehmet Muharrem Kasapo'g'lu takidladi.
Uning aytishicha, ushbu yirik sport tadbirini avvaliga 2021 yilning 20-29 avgust kunlari o'tkazish rejalashtirilgan edi. Biroq, Pandemiya tufayli Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish vaqti o'zgargani sababli mazkur tadbir vaqtini o'zgartirishga to'g'ri keldi. SHuningdek, Tokiodagi Olimpiada va Islom birdamlik o'yinlarining bir vaqtga to'g'ri kelishi sport federaciyalari va sportchilar uchun noqulaylik keltirib chiqarishi mumkinligi takidlandi.
«Biz tayyorgarlikni qizg'in davom ettirmoqdamiz. Ishonchim komilki, Islom birdamlik o'yinlarini boshqa hamkorlar bilan birga yuqori darajada o'tkazishning uddasidan chiqamiz», – dedi u.
Malumot o'rnida aytib o'tmoqchimiz, 2017 yil Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo'lib o'tgan IV Islom birdamlik o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi 15 oltin, 17 kumush hamda 31 bronza, jami 63 ta medalni qo'lga kiritgan holda 57 mamlakat orasida to'rtinchi o'ringa munosib ko'rilgan edi.
Fikrlar