So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

09 iyu 21:14
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020: Olimpiya o'yinlarida hakamlarimiz ham ishtirok etishadi

Yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida nafaqat o'zbekistonlik atletlar, balki bir guruh hakamlarimiz ham mamlakatimiz nomidan ishtirok etishadi.

Ushbu maqolamizda ular bilan tanishtiramiz.

Tohir G'ulomov (sport kurashlari)

Sport kurashlari bo'yicha tajribali hakamimiz bir necha yildirki, ushbu sport turida dunyoning eng kuchli referilaridan biri sifatida etirof etiladi. Pekin-2008, Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida ishlagan hakamimiz endilikda Tokio-2020 Olimpiadasini ham o'z xotirasiga muhrlab qo'yadigan bo'ldi. Tohir Gulamov shu paytgacha 23 ta jahon chempionatida ham faoliyat olib borgan bo'lib, 2014 yil sport kurashlari bo'yicha dunyoning eng yaxshi hakami deb topilgan.

Ramziddin Saidov (dzyudo)

London-2012 da dzyudochi sifatida ishtirok etgan Saidov endi hakam sifatida Olimpiadaga tashrif buyurmoqda. Uning bellashuvlarni oqilona boshqarib borishi sabab Xalqaro dzyudo federaciyasi hamyurtimizga eng muhim va markaziy bellashuvlarni ishonib topshirmoqda. Eslatib o'tamiz, boshqa bir hakamimiz Vyacheslav Pereteyko Paralimpiya o'yinlarida ishlashi belgilab qo'yilgan.

Aida Hasanova (qilichbozlik)

Qilichbozlik sportida hakamlarning Olimpiadada ishtirok etishi uchun o'ziga xos talablar mavjud. Buning uchun hakamlar yillar davomida Olimpiada darajasigacha turli musobaqalarda ochko to'plab kelishadi. Rio-2016 ga bir qadam etishmagan Hasanova Tokioda o'z orzusiga erishdi.

Zuhra Abdullaeva (og'ir atletika)

Og'ir atletika olamida o'z o'rniga ega Abdullaeva uchun bu dastlabki Olimpiada emas. Hamyurtimiz Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida ham bahslarni odillik bilan boshqarib borgan. Xalqaro tashkilot uning ishiga doimo yuqori baho berib kelgan va Tokio-2020 Olimpiadasiga ham Abdullaevani taklif qildi.

Evgeniya Dedusheva (tennis)

Tennis bo'yicha “Katta dubulg'a” va boshqa turkumga kiruvchi bir qator turnirlarda muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan Evgeniya Dedusheva o'zi ishlagan nufuzli musobaqalar orasiga Olimpiya o'yinlarini ham qo'shib qo'ymoqda. 30 yoshli hakamimiz Xalqaro tennis federaciyasining bronza ko'krak nishoniga ega.

SHuningdek, tennisdagi yana bir hakamimiz Dmitriy Duranidis Paralimpiya bahslarini boshqarib borishi kutilmoqda.

Olga Bloxina (triatlon)

Olga Bloxina “World Triathlon TO Level2” sertifikatiga ega bo'lgan hakam hisoblanadi. U o'tgan Rio-2016 Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Endilikda Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ham faoliyat olib boradigan bo'ldi.

SHerzod Inog'omov (suzish) va Elmira Fayzullaeva (sinxron suzish)

Ko'plab xalqaro musobaqalarda tajriba orttirib borayotgan ushbu hakamlarimiz ham Tokio-2020 da faoliyat olib boradigan referilar qatoridan joy olishdi.

Lyudmila Li (sport gimnastikasi) va Taliya Abduramanova (badiiy gimnastika)

Har ikki vakilimiz hakamlikdan tashqari o'z yo'nalishlari bo'yicha terma jamoamizda katta murabbiy sifatida ham faoliyat olib borishadi. Tokio-2020 Lyudmila Li uchun debyut emas. U bungacha Rio-2016 va kattalar o'rtasidagi jahon chempionatlari orqali ulkan tajriba orttirib ulgurgan.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi barcha atletlarimiz qatori hakamlarimizga ham bo'lajak Olimpiya o'yinlarini muvaffaqiyatli o'tkazib olishlarini tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing