So’nggi yangiliklar

16:16"Ман Сити" "Реал" қизиқаётган футболчи билан шартномани бир йилга узайтиришга яқин 0 15:41Камару Усман: "Чимаев ҳозир Анкалаев ёки Прохазкага қарши жанг қилиши керак эмас" 0 15:17Бокс бўйича Ўзбекистон U-17 терма жамоаси энг кўп финалчи билан финалга етиб келди 0 14:39Василий Ломаченко фаолиятини қайта тиклайди — The Ring 0 14:12ПСЖ сафида яна битта россиялик пайдо бўлиши мумкин 0 13:47Камару Усман Чимаевни ютқазмаган деб ҳисоблашини айтди 0 13:23Холмурод Нурматов мағлубиятига қарамай, ACA рейтингидаги ўрнини сақлаб қолди 0 12:58Расман: Чимаев Диллон Дэнис билан жанг қилади 0 12:34Мессининг "Интер Майами" билан янги шартномаси бўйича маоши маълум бўлди 0 12:09Санжар Зокиров: "ONE FC менга уч марта чемпионлик жангини таклиф қилди, лекин..." 0 11:43Царукян Чимаевга мурожаат қилди 0 11:18"АҚШни намоён қилишни истайман". Стрикленд Оқ уйдаги турнирида қатнашмоқчи 0 10:50U-17 Осиё кубоги. Бугун Австралияга қарши баҳс олиб борамиз 0 10:42Ёш каратэчиларимиз Филиппинга жўнаб кетишди 0 10:24Осиё чемпионатига энг кўп йўлланма қайси терма жамоа боксчиларига насиб этди? 0

09 noy 11:45
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Yaponiya delegaciyasi bilan memonrandum imzolandi

8 noyabr kuni Milliy olimpiya qo'mitasida Maidzuru shahri meri Ryozo Tatami boshchiligidagi delegaciya mehmon bo'ldi.
O'zbekiston bilan tarixiy aloqalarni hisobga olgan holda R. Tatami boshchiligidagi Maidzuru shahri mamuriyati o'zbek xalqi bilan tarixiy aloqalarni saqlab qolish, kelajak avlod vakillariga ham ushbu aloqalarni etkazish va O'zbekiston bilan yaqin, do'stona munosabatlarni o'rnatishda bevosita ishtirok etishga qiziqish bildirgan. 

SHu munosabat bilan Maidzuru shahri mamuriyati Yaponiya hukumatiga murojaat qilib, ularga Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida Host town (qabul qiluvchi shahar) rasmiy maqomi berilishini so'radi. Yapon hukumati ushbu arizani maqullab, 2016 yilning iyunida Maidzuru shahrini Host town sifatida ro'yxatdan o'tkazdi.

Host town dasturi doirasida Maidzuru shahri O'zbekiston sportchilarini 2020 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun, ularga tashkiliy-texnik masalalarda barcha zarur sharoitlarni yaratish, ayniqsa dzyudo va sport kurashlari bo'yicha turli o'rtoqlik turnirlari, qo'shma o'quv mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda. SHuningdek, bu hamkorlik talim, madaniyat, turizm va iqtisodiy sohalarga ham taluqli bo'ladi.

SHu bilan birgalikda Host Town dasturi doirasida Maidzuru shahar meriyasi o'zbekistonlik sportchilarni o'quv-mashg'ulot yig'inlari va qo'shma turnirlarini Yaponiyada o'tkazishi uchun sarflanadigan mablag'larning malum qismini qoplashni ham taklif etmoqda.

Xabar berib o'tganimizdek, joriy yilning 4-11 avgust kunlari Maidzuru shahri meriyasining taklifiga binoan O'zbekiston delegaciyasi Yaponiyaga safar uyushtirgandi. Tashrif davomida  Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sport kurashlari Associaciyasi Bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev va O'zbekiston dzyudo federaciyasi vice-prezidenti SHavkat Mo'minovlar Maidzuru shahar meri bilan sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azolarini XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorlash, qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish masalasida muzokaralar o'tkazib qaytishgandi.

SHuningdek, safar davomida delegaciyamiz azolari Maidzurudagi mavjud sport infratuzilmasi, sport majmualarining foaliyati bilan yaqindan tanishishgandi. Muzokaralar yakunlariga ko'ra Maidzuru shahar delegaciyasi noyabr oyida O'zbekistonga tashrif buyurishi xaqida kelishuvga erishilgandi.

Poytaxtimizga tashrifi davomida Maidzuru shahri meriyasi o'zbekistonlik sportchilarni Tokio 2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishini taminlash maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Sport kurashlari Associaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishni maqsad qilgandi.

Mehmonlarning poytaxtimizga tashrifi doirasida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi va Maidzuru shahar meriyasi o'rtasida Tokio Olimpiadasida ishtirok etadigan sport kurashlari va dzyudo bo'yicha terma jamoamiz azolarini musobaqa oldidan o'quv mashg'ulot yiginlarini Yaponiyada tashkil etish masalasida muzokaralar o'tkazildi. Uning yakunlariga ko'ra ikki tomon o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Uchrashuv yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti A.Sultanov va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi raisi R.  Qurbonovlar R. Tatamiga esdalik sovg'alarini topshirishdi. O'z navbatida  Maidzuru shahri meri iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, o'zbekistonlik sportchilarning Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini malum qildi.  

SHuni alohida takidlash lozimki, Olimpiya o'yinlari oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarining musobaqaga mezbonlik qiluvchi mamlakat hududida o'tkazilishi sportchilarimiz uchun mahalliy iqlim va sharoitga moslashish, qolaversa sportdagi eng muhim jihatlardan biri sanalgan akllimatizaciya va adaptaciya jarayonini ortiqcha qiyinchiliksiz engib o'tishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Boz ustiga dzyudochilarimiz uchun sportning ushbu turi vatani hisoblangan mamlakatda mashg'ulotlar o'tkazish, dunyoning eng ko'zga ko'ringan polvonlariga qarshi tatamiga chiqib, sparring janglarda ishtirok etish hamyurtlarimiz mahoratining yanada toblanishiga zamin yaratadi.

Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrifi oldidan mehmonlar poytaxtimizdagi dzyudo markazida ham mehmon bo'lishdi. U erda mamlakatimizda sportning ushbu turi bilan shug'ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Malumot uchun: 2016 yilning avgust oyidan boshlab Maidzuru shahrida Yaponiyaning siyosiy-jamoat, akademik, madaniy-gumanitar qatlamlari va Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik taraqqiyotiga oid turli taqdimotlar, mamlakatimizning madaniy, tarixiy, turizm salohiyatiga doir ko'plab marosimlar faol o'tkazib kelinmoqda

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing