30 okt 19:47
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining asosiy inshooti haqida nimalar bilasiz?
“Tokio-2020” XXXII Yozgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek engil atletika bo'yicha Olimpiada musobaqalari yangidan barpo etilgan Milliy Olimpiya stadionida bo'lib o'tadi.
U o'tgan yili Tokio-1964 Olimpiya o'yinlari uchun maxsus qurilgan eski stadion o'rnida barpo etildi. Yangi Olimpiya stadioni qurilishiga 1,4 mlrd.AQSH dollari sarflandi.
Besh qavatli bu stadionning loyihasi yapon memori Kengo Kuma tomonidan ishlab chiqilgan. Bu sport inshooti 68 ming ishqibozga mo'ljallangan. Uni pardozlash uchun Yaponiyaning 47 prefekturasida o'sadigan 2 ming kub metr hajmida kedr daraxti ishlatilgan.
Stadion o'zida yapon ananaviy memorchiligi va eng zamonaviy shakllarni mujassamlashtirgan. Tokioda yozda odatda 40 darajali issiq bo'lishi nazarda tutilib, stadionga o'ta zamonaviy sovitish tizimlari o'rnatilganligi uchun inshootda mo'tadil harorat saqlanib turiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar