So’nggi yangiliklar

10:01Собиқ чемпионлар Петр Ян ва Дейвисон Фигерейду ўзаро жанг олдидан юзма-юз келди (ФОТО) 0 09:39Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум 0 09:18Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиблари маълум 0 08:57Макаодаги UFC турнири иштирокчилари тарозига чиқди 0 08:36Иштирокчиларидан мухлислари машҳур бўлган Ўзбекистон чемпионати + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0

07 avg 17:18
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. O'zbekistonlik sportchilarning 7 avgust kungi ishtiroki yakunlandi

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 7 avgust kuni Tokio Olimpiadasining 15-kun bahslari o'tkazildi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Kanoeda eshkak eshish: Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova (juftlik) (B finalda 3-o'rin)

Badiiy gimnastika: guruh bahslari (saralashda 9-o'rin)

Zamonaviy beshkurash: Aleksandr Savkin (32-o'rin)

Engil atletika: Safina Sadullaeva (final, 6-o'rin)



SHu tariqa, o'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi. 


17:17. Safina Sadullaeva 1.98 metr balandlikni zabt eta olmadi va musobaqadagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Sportchimizdan yomon bo'lmagan ishtirok.


17:02. Safina 1.93 va 1.96 m balandlikni bajardi va o'z shaxsiy rekordini takrorladi.


15:56. Safina bahslarga 1.89 m. balandlikdan qo'shildi. U dastlabki urinishdayoq ushbu balandlikni zabt etdi. 


15:42. Engil atletikaning balandlikka sakrash bahslari boshlandi. Unda hamyurtimiz Safina Sadullaeva medallar uchun kurash olib boradi. 


15:23. Safina Sadullaevaning final bahsiga oz vaqt qolmoqda.


15:09. Beshkurashchimiz Aleksandr Savkin chavandozlik bahslaridan so'ng 31-o'ringa ko'tarildi. So'nggi chiqish oldidan Savkinda 718 ochko bor. Birozdan so'ng so'nggi bosqich boshlanadi.


13:41. Savkin chavandozlik yo'nalishida 279 ochko jamg'ardi.


11:49. Beshkurashchimiz Aleksandr Savkin suzish bahslarida qatnashdi. U 200 metrga suzish bellashuvlarida 2:06.64 natija ko'rsatdi va 297 ochko to'pladi. Ushbu natijadan so'ng Savkin 36-o'rindan 35-pog'onaga ko'tarilishga erishdi. Malumot uchun, beshkurash bahslarida 36 nafar sportchi qatnashmoqda.


8:53. Afsuski, gimnastikachi qizlarimiz uchun saralash bahslari alamli tarzda yakunlandi. Vakilalarimiz saralashni 9-o'rinda tugatishdi. Agar yana bir ball qo'lga kiritilganida biz kuchli sakkizlikka ilinardik va finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritardik. Mezbon faktori bu erda rol o'ynadi deyishimiz mumkin. Yaponiyaliklar final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Biznikilar zaxirada. Agar finalga yo'l olgan ishtirokchilar bilan qandaydir holat ro'y beradigan taqdirda, qizlarimiz finalga chiqishlari mumkin. Ammo, bu 0, 001 foiz ehtimolda. 


7:57. Yana bir malumot: gimnastikachi qizlarimizni guruh mashqlariga tayyorlagan murabbiy Ekaterina Pirojkova koronavirus sabab bugun Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmadi. Qizlarimiz o'z murabbiylarisiz Olimpiadada chiqish qilishdi.


7:52. Gimnastikachilarimiz ikkinchi chiqishlarini yakunlashdi. 36.900 ball bilan. Endi qolgan jamoalarning ishtirokini kutamiz. Umid qilamizki, qizlarimiz TOP-8da qolishadi va final bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.


7:38. Kanoechi qizlarimiz Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova B finalda marraga uchinchi bo'lib etib kelishdi. SHu tariqa, qizlarimiz Olimpiadada umumiy hisobda 11-o'rinni egallashdi...


7:11. Gimnastikachilarimiz dastlabki chiqishni 5-o'rinda yakunladilar. Birozdan so'ng ikkinchi mashqlar boshlanadi. Ikkinchi mashq yakuniga ko'ra qizlarimiz kuchli sakkizlikda qola olishsa, ertaga o'tkaziladigan final bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishadi. 


6:39. Badiiy gimnastika bahslarida 14 ta terma jamoa ishtirok etmoqda. Qizlarimiz birinchi chiqish (to'p bilan mashqlar) yakuniga ko'ra 42.100 ball jamg'arishdi.


6:12. Badiiy gimnastikachilarimiz jamoaviy mashqlarda o'z ishtiroklarini boshlashdi. 


5:51. Kanoechi qizlarimiz Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova 5 ta jamoa ichida marraga beshinchi bo'lib etib kelishdi va afsuski medallar uchun kechadigan finalga yo'l olishmadi. Ular endi birozdan so'ng 9-o'rin egasini aniqlab beruvchi bahslarda startga chiqishadi.


5:49. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga bag'ishlangan matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 



Kun davomida quyidagi sportchilarimiz Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishadi:

5:30 - Kanoeda eshkak eshish: Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova (juftlik)

6:00 - Badiiy gimnastika: guruh bahslari

7:35 - Kanoeda eshkak eshish: Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova (juftlik, final)

10:35 - Zamonaviy beshkurash: Aleksandr Savkin

15:35 - Engil atletika: Safina Sadullaeva (final)

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
07 avg 12:20:08
Gaffarov Muzaffar
Vuaxaxaxa adminla yomon qildilayu, siypap, avaylab si...sila. Vuaxaxaxa ligeonerlami xali bula. Borib nima qilardila. Manimcha 36 urindagi Maktanaxau degan davlatta bosa kerak. Man uzim o'ylab toptim bu dovlatti)))
+3   
07 avg 12:13:36
Elshodxan Asliddinovich
36 dan 36-o'ringa ko'tarilipti fuaxaxaxaxa
+3   
07 avg 11:51:37
Нуриддин Анарбаев
Bizi sportchilarda shijoat yuq,xuddi birovdan qurqanday xarakat qilishadi xuddi ularni birov majburlab olib borganday,bowqa davlatlarni sportsmenlariga xavas qildim shiwoatini kurib
+3   
07 avg 08:51:18
Qurbon
Faqat Boxodir Jalolovda medal bor ekan. Hudo hoxlasa oltin osa 3 ta oltin 2 ta bronza bn tugatarkanmiz. Hulosa medallarimiz ancha kam boladi. Tog'risi 10 dan oshiq medal kutudim oltini bosa kamida 5 ta bo'lishini. Yaponiya va tokiyo iflos mamlakatligi oldindan malum edi. Badiy gimnastika qizlarimizni ham chopishdi ming lanat hakamlarga qayodagi japonkalarni bizadan oldinga otkazib grubiy hato qilsa ham ming lanat japoniyaga.....
+2   
07 avg 17:34:47
Bobosh
Safina Sadullaeva molodes.Borini berdi.Keyingi musobaqalarda omad.Umidli sportchimiz.
+2   
07 avg 14:07:53
Oddiy Bola
Shu legionerni urniga mani oborishgandaym kamida 30ni opkelaardim nima qilardi shuncha harajat qip
+2   
07 avg 11:51:08
Нуриддин Анарбаев
Bizi sportchilarda shijoat yuq,xuddi birovdan qurqanday xarakat qilishadi xuddi ularni birov majburlab olib borganday,bowqa davlatlarni sportsmenlariga xavas qildim shiwoatini kurib
+2   
07 avg 08:51:11
Qurbon
Faqat Boxodir Jalolovda medal bor ekan. Hudo hoxlasa oltin osa 3 ta oltin 2 ta bronza bn tugatarkanmiz. Hulosa medallarimiz ancha kam boladi. Tog'risi 10 dan oshiq medal kutudim oltini bosa kamida 5 ta bo'lishini. Yaponiya va tokiyo iflos mamlakatligi oldindan malum edi. Badiy gimnastika qizlarimizni ham chopishdi ming lanat hakamlarga qayodagi japonkalarni bizadan oldinga otkazib grubiy hato qilsa ham ming lanat japoniyaga.....
+1   
07 avg 14:51:14
Solijon ibn Abduqqodir
Umuman legioner qoʻshmaslik kerak oltin olsaham. Bizga pul uchun oltin olib beradigan sportchilar nimaga kerak.
+1   
07 avg 08:55:19
Тожиддин Ҳикматов
Афсуски..лар давом этяпти
   
08 avg 11:19:07
Bulent
Сафина яхши натижа курсатди Лондон олимпиядисида Радзивил финалда 7 бугани 197 олиб лекин ТВда шархловчи умримда иккинчи марта куряпман бизаники финалда уйнаётганини деди биринчи 34 йил аввал энди иккинчи марта деди хато
-1   
07 avg 18:08:13
Alkimyogar
Kam harajat qilib, yaxshi natija olishga harakat qilishimiz kerak. Legionerlar kerak emas ekan. Yaxshisi, bunaqa siyosatni qozoq do'stlarimiz qilaverishsin. Ertaga, olimpiada yakunlanadi. O'zbekiston 1 ta oltin yutsa, katta ehtimol bilan kuchli 30 likka kira olamiz. Bu juda past natija. Biz Rio olimpiadasida 21-o'rinda yakunlagandik. Ammo, 2021-yil o'zbek sporti uchun omadli kelmadi. Lekin, boshqa tomondan, biz SSSR davlatlari ichida ikkinchi eng yaxshi natijaga erishishimiz mumkin ekan Rossiyadan keyin. Olimpiadada jonini berib qatnashganlar va medal olganlarga katta rahmat. Qo'mita rahbarlari esa yana bir bor sportchilar tanlashni ko'rib chiqishini talab qilib qolaman. Boshqa davlatlarning past natijasi oldida bizning natijamiz past ekani bilinmayapti. Juda kam sportchilarimiz medalli bo'lishdi. Hatto, Gruziya bizdan yuqori pog'onada turibdi hozir. Lekin, ertaga natijalar yaxshilanishiga umid qilamiz.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing