28 avg 08:43
Yangiliklar
Dzyudo, Tokio-2020
Tokio-2020. Parvina Samandarova ham finalda!
Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlarining paradzyudo bahslarida uchinchi vakilimiz final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Ayollar o'rtasida -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Parvina Samandarova chorak finalda yaponiyalik Junko Xiroseni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratdi. Yarim finalda esa braziliyalik Lusiya Arauxodan ustun keldi.
Endi Samandarova Paralimpiya o'yinlari oltin medali uchun ozarbayjonlik Sevda Valievaga qarshi tatamiga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar