30 iyu 09:56
Yangiliklar
Tokio-2020. Qaysi sport turlarida kurashni davom ettiramiz?
Sportchilarimiz 17 sport turida yurtimiz sharafini himoya qilayotgani haqida xabaringiz bor. SHu kunga qadar boks, taekvondo, og'ir atletika, qilichbozlik, dzyudo, suzish, akademik eshkak eshish, sport gimnastikasi, o'q otish, velosport, tennis bellashuvlarida vakillarimiz bahslarga kirishishdi. Hozircha O'zbekiston hisobida 1 ta oltin va 1 ta bronza medali bor. Qolgan 5 sport turi: yunon-rum kurashi, erkin kurash, engil atletika, badiiy gimnastika, zamonaviy beshkurash bo'yicha sportchilarimiz hali o'z ishtirokini boshlashmagan. Yana bir qator yo'nalishlarda ishtirokimiz davom etmoqda.
Olimpiya o'yinlarida sportchilarimiz bahslarni davom ettiradigan sport turlari bilan tanishing: (30 iyul, soat 9:30 holatiga ko'ra)
boks - 4
dzyudo - 2 ( 1 tasi jamoaviy bahslarda)
kanoeda eshkak eshish - 3 (2 ta yakkalik, 1 ta juftlik)
yunon-rum kurashi - 4
erkin kurash - 4
og'ir atletika-2
engil atletika - 7
badiiy gimnastika - 2 (1 ta yakkalik,1 ta jamoaviy bahslar)
zamonaviy beshkurash - 2
o'q otish -1
suzish - 1
Fikrlar