23 iyu 14:20
Yangiliklar
Tokio-2020
Tokio-2020: Qilichbozlarimiz ham raqiblarini bilib olishmoqda
Biroz avval Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining qilichbozlik dasturi uchun ham qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Xabaringiz bor, ushbu sport turida 3 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi.
Musobaqaning ilk kunida (24 iyul) ayollar o'rtasida shpaga va erkaklar o'rtasida sablya bahslari bo'lib o'tadi. Qura natijalari bo'yicha Malika Hakimova musobaqani xitoylik Yiven Sunga qarshi boshlaydi. Sablyachimiz SHerzod Mamutov esa ruminiyalik Yulian Teodociu bilan jang qiladi.
26 iyul kuni ayollar o'rtasidagi sablya dasturida qatnashadigan Zaynab Dayibekovaning raqibi keyinroq malum bo'ladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar