06 avg 19:02
Yangiliklar
Tokio-2020. Qozog'istonlik kurashchi raqibini tishlab oldi + FOTO
Tokio Olimpiadasida kichik janjal yuz berdi. Qozog'istonlik erkin kurashchi Nurislam Sanaev erkin kurash bo'yicha yarim final bahslarida hindistonlik raqibi Ravi Kumarning qo'lini tishlab oldi.
Ushbu voqeaga Xalqaro kurash federaciyasi ham to'xtalib o'tdi. Federaciyaning qaroriga ko'ra, bu holat "kutilmaganda amalga oshirilgan reakciya" sifatida baholandi. SHunday qilib, ushbu qoida buzilish holati uchun bronza medali sohibi Nurislam Sanaevga hech qanday jazo qo'llanilmadi.
Bu holatga etiroz bildirgan Hindiston vakilining o'zi final bahsida rossiyalik raqibini undanda battar tishlab oldi. Final bahsida Zaur Uguevning qo'lidan qon chiqquncha tishlab olgan hindistonlik kurashchi baribir mag'lub bo'ldi va kumush medal bilan cheklandi.
Fikrlar