29 may 21:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurislom Ismoilov g'alabali yurishini davom ettirib, chempionlik kamarini yutib oldi (VIDEO)
O'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Nurislom Ismoilov faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
24 yashar hamyurtimiz Toshkentdagi prof boks oqshomida tanzaniyalik Lupakisyo SHotiga qarshi ringga chiqdi.
10 raundlik bahs super o'rta vazn toifasidagi WBC Eurasia kamari uchun o'tkazildi. Jangda Ismoilov raqibini o'ninchi raundda texnik nokaut bilan mag'lubiyatga uchratdi.
Bu Nurislomning prof boksdagi to'qqizinchi jangida qo'lga kiritgan to'qqizinchi g'alabasi bo'ldi. 26 yoshli SHoti esa bugun faoliyatidagi o'n birinchi jangida ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
SHu tariqa, Nurislom Ismoilov super o'rta vazn toifasida WBC Eurasia kamariga ega chiqdi. Uning hisobida WBC CISBB kamari ham mavjud.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar