So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

12 iyu 07:20
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi Olimpiadaga tayyorgarlik bo'yicha yangilangan hisobot topshirdi

Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) Ijroiya qo'mitasiga Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik va rejalashtirish ishlari bo'yicha yangilangan malumotlar kelib tushdi.

Taqdimotning asosiy elementi 2021 yil o'tadigan Olimpiya o'yinlari joylashuvi, qayta rejalashtirish tamoyillari va «Yo'l xaritasi» haqida malumot almashish bo'ldi. «Tokio-2020» hisoboti tashkiliy qo'mita prezidenti Yoshiro Mori va tashkilot Bosh direktori Toshiro Muto tomonidan olib borildi. XOQ Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi raisi Jon Koatus esa O'yinlarning “Here we Go” ishchi guruhi nomidan maruza qildi.

Yangilangan malumotlar bo'lajak Olimpiadada COVID-19 pandemiyasining tasiriga qaratildi. O'yin vaqtini keyinga surish to'g'risida qaror qabul qilingandan so'ng tayyorgarlik borasida katta hajmdagi ishlar olib borildi va mart oyi oxirlarida yangilangan sanalar elon qilindi. SHuningdek, Olimpiadani keyinga qoldirish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar tasirini kamaytirish maqsadida Olimpiya o'yinlari va undagi xizmat ko'rsatish darajasini optimallashtirish, racionalizaciya qilish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha xam ishlar boshlandi.

Xususan, XOQ Ijroiya qo'mitasi 2021 yilga ko'chirilgan O'yinlarni qayta rejalashtirish tamoyillari va «Yo'l xaritasi»ga alohida etibor qaratdi. Yakunda Tokio-2020 tashkiliy qo'mitasi va XOQ vakillari shuni takidlashdiki, O'yinlarni tomoshabop o'tkazishga Tokio-2020, XOQ, Olimpiya harakati, Xalqaro federaciyalar, Milliy olimpiya qo'mitalari, hamkor va homiy tashkilotlar o'rtasidagi ijobiy munosabatlar bilan erishish mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing