25 jan 15:38
Yangiliklar
Tokio-2020 Tashkiliy qo'mitasi yuqumli kasalliklar bilan kurashish markazini tashkil etadi
Yaponiya hukumati, Tokio shahar mamuriyati, Olimpiada Tashkiliy qo'mitasi, yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislardan iborat Koronavirus pandemiyasi bilan kurashishni muvofiqlashtiruvchi kengashi hozirgi paytda tegishli choralarni, shu jumladan, chegara nazorati, test topshirish tizimi va tibbiy yordam ko'rsatish masalalarini ko'rib chiqmoqda va muvofiqlashtirmoqda.
Markaz turli vaziyatlarda uch toifa – sportchilar, Olimpiya o'yinlarining boshqa ishtirokchilari va tomoshabinlar bo'yicha koronavirus pandemiyasiga qarshi choralarni belgilashga mo'ljallangan. U markazlashgan tarzda zarur chora tadbirlarini ishlab chiqish, shu jumladan sportchilarda aniqlangan yuqumli kasalliklarga shoshilinch choralar ko'rish imkonini beradi.
Fikrlar